Kampiniy madaniyati
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kampiniy madaniyati - ilk neolit davriga oid arxeologik yodgorliklar (mil. av. 6—4-ming yillik). Fransiyaning Quyi Sena departamentidagi Kampiniy manzilgohi nomidan. 1886 yilda fransuz arxeologi F. Salmon topgan. K.m.da yashagan qabilalar dehqonchilik, ovchilik, baliqchilik va terimchilik bilan shugʻullanib, diametri 3–6 m li yarim yertoʻlalarda yashagan.
Uy hayvonlaridan faqat it boqilgan. Toshbolta, sanchqi, qum aralashtirilib loydan ishlangan naqshli va naqshsiz sopol idishlar topilgan. K.m. ashyolari Germaniya va Boltiq boʻyidagi ilk neolit makonlaridan topilgan arxeologik yodgorliklarga oʻxshab ketadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |