Kontent qismiga oʻtish

Kanada — Moʻgʻuliston munosabatlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kanada — Mongoliya munosabatlari

Kanada

Moʻgʻuliston

Kanada — Moʻgʻuliston (Mongoliya) munosabatlari Kanada va Moʻgʻuliston oʻrtasidagi tashqi aloqalardir. Ikki davlat diplomatik munosabatlarni 1973-yil 30-noyabrda oʻrnatgan. Kanada 2008-yildan beri Moʻgʻulistonda elchixona orqali vakillik qiladi. Moʻgʻulistonning Ottavada elchixonasi bor va 2002-yilda Torontoda Faxriy konsullik ochilgan. Kanada va Moʻgʻuliston 1973-yilda diplomatik aloqalarni oʻrnatgan boʻlsa-da, ikki mamlakat oʻrtasida maxsus aloqalar va kichik faoliyatlar asosan 1980-yilda tuzilgan Kanada-Moʻgʻuliston jamiyati orqali amalga oshirilgan. Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin 1991-yilda Moʻgʻuliston demokratik hukumatni tuzgach, Kanada Xalqaro Taraqqiyot Tadqiqot Markazi, Kanada Xalqaro Taraqqiyot Agentligi va bir qancha nohukumat tashkilotlari orqali Moʻgʻulistonni hamkorlik faoliyati bilan qoʻllab-quvvatlay boshladi[1].

Moʻgʻulistonning Ottavadagi elchixonasi.

Diplomatik munosabatlar oʻrnatilishi va aloqalarning mustahkamlanishi natijasida quyidagi voqealar sodir boʻlgan[2]:

  • 1973-yil Diplomatik aloqalar oʻrnatildi
  • 2001-yil Ottavada elchixona ochildi
  • 2002-yil Torontoda Moʻgʻulistonning faxriy konsulligi ochildi
  • 2003-yil Kalgari, Alberta shahrida Moʻgʻulistonning faxriy konsulligi ochildi
  • 2008-yil Kanadaning Moʻgʻulistondagi birinchi rezident elchisi Anna Biolik Moʻgʻuliston Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Elchixona va konsulliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

  Mongoliyaning Kanadadagi elchixonasi Stenli avenyu 132 (Ottava, Ontario, Kanada) da joylashgan. Moʻgʻuliston 2001-yil 1-iyulda Kanadada oʻz elchixonasini ochdi. Moʻgʻuliston, shuningdek, Vankuver, Monreal, Kalgari va Reginada faxriy konsulliklarga ega.

Kanadaning Moʻgʻulistondagi elchixonasi Ulan-Batorda, Sukhbaatar maydonida joylashgan[3].

Davlat tashriflari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1994-yil — Mongoliya tashqi ishlar vaziri Derenpiliyn Gombosuren Kanadaga tashrif buyurdiManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name.
  • 2004-yil — Moʻgʻuliston Prezidenti Natsagiin Bagabandi 2004-yilda Kanadaga 7 kunlik rasmiy tashrif bilan keldi. Bosh vazir Pol Martin bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvdan soʻng, yetakchilar Kanada-Moʻgʻuliston davra suhbatlarini muntazam ravishda oʻtkazish, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar va tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalarni muhokama qilish zarurligini taʼkidladilar[4].
  • 2010-yil — sentyabr oyida Moʻgʻuliston Bosh vaziri S. Batboldning Ottava, Toronto va Vankuverga tashrifi amalga oshirildi.

2013-yil — oktyabr, Kanada general-gubernatori Devid Jonston Moʻgʻulistonga davlat tashrifini amalga oshirdi[5]. 2014-yil — iyul, Kanada tashqi ishlar vaziri Jon Baird Moʻgʻulistonda rasmiy tashrif bilan boʻldi.

  • 2002-yil Moʻgʻuliston turizm ittifoqi va Buyuk Britaniya Ekologik turizm tashkiloti oʻrtasida shartnoma imzolandi. Shartnomani Moʻgʻuliston Turizm ittifoqi prezidenti U.Damdinsuren va Buyuk Britaniya elchisi Filipp Rouz imzoladilar[6].

Savdo aloqalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kanada Mongoliyadagi ikkinchi yirik investordir. 2008-yil holatiga koʻra Moʻgʻulistonga taxminan 400 million dollar sarmoya kiritgan 20 ta kon va qidiruv firmalari mavjud[7]. Ivanhoe Mines va Rio Tinto Group Moʻgʻuliston bilan Oyu-Tolgoʻy mis va oltin konidan olingan foydani boʻlishish borasida kelisha olmayapti[8].

2014-yilda tashkil etilgan Kanada-Moʻgʻuliston Savdo palatasi har ikki mamlakatdagi tadbirkorlikni bogʻlashga yordam beradi[9]. Palata Kanada va Moʻgʻulistondagi barcha biznes va jamoalar uchun barqaror va raqobatbardosh biznes muhitini himoya qiladi[10].

  1. Nelles, Wayne (2000-yil dekabr). „Mongolian-Canadian Education, Training and Research Cooperation: A Brief History, 1973-2000“. Canadian and International Education. 29-jild, № 2. 91-bet. 2007-12-19da asl nusxadan arxivlandi. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  2. „Highlights in the Mongolia-Canada Relations“. Mongol embassy in Ottawa. 2010-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2009-yil.
  3. „The Embassy of Canada to Mongolia“ (9-sentabr 2013-yil).
  4. „Canada, Mongolia to expand bilateral cooperation“. Xinhuanet (21-oktabr 2004-yil). 24-oktabr 2004-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-mart 2009-yil. „Canadian Prime Minister Paul Martinand visiting Mongolian President Natsagiin Bagabandi expressed on Wednesday their desire at a meeting to further enhance cooperationbetween the two countries.“.
  5. „Arrival in Ulaanbaatar, Mongolia“ (24-oktabr 2013-yil).
  6. „Mongolia, UK sign tourism cooperation agreement.“. Asia Africa Intelligence Wire at the BBC (12-avgust 2002-yil). Qaraldi: 16-iyul 2009-yil. „The Tourism Union of Mongolia will cooperate with the UK Ecological Tourism Organization. An agreement was signed by U. Damdinsuren, the president of the Tourism Union of Mongolia, and the UK ambassador, Philip Rouse. According to the agreement, short and...“.
  7. „Canada opens investment talks with Mongolia“. CTV Television Network (9-yanvar 2008-yil). Qaraldi: 16-iyul 2009-yil. „Canada is the second largest investor in Mongolia and the federal government estimates Canadian companies, led by more than 20 mining and exploration firms, have approximately $400 million in assets in Mongolia.“.
  8. „Canada, Mongolia to seek agreement to protect foreign investors“. Mongolia Web (10-yanvar 2008-yil). 10-sentabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2009-yil.
  9. „Canada Mongolia Chamber of Commerce“ (inglizcha). CANADA MONGOLIA CHAMBER OF COMMERCE. Qaraldi: 18-iyul 2020-yil.
  10. „Meet Canada Mongolia Chamber of Commerce team“ (inglizcha). CANADA MONGOLIA CHAMBER OF COMMERCE. 2020-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyul 2020-yil.