Kontent qismiga oʻtish

Kanada — Portugaliya munosabatlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kanada va Portugaliya davlatlarining xaritada joylashuvi. Yashil rangda Kanada, sariq rangda Portugaliya koʻrsatilgan.

Kanada — Portugaliya munosabatlari Kanada va Portugaliya oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlardir. Ikkala davlat ham NATO va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti aʼzolari hisoblanadi.

Monreal, Kvebekdagi „Portugaliya parki“ dagi yodgorlik.

Portugaliyalik Gaspar Korte Real tadqiqot maqsadida zamonaviy Kanada hududining Atlantika qismiga tashrif buyurgan birinchi yevropalik navigatorlardan biri hisoblanadi. 1946-yilda Kanada va Portugaliya oʻrtasida rasmiy diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan[1]. 1972-yil noyabr oyida Kanada hukumati Portugaliyaning Angola, Mozambik va Portugal Gvineyadagi mustamlakachilik urushini qoralagan[2]. 2010-yil noyabr oyida Kanada Bosh vaziri Stiven Xarper Lissabondagi NATO sammitida ishtirok etish uchun Portugaliyaga tashrif buyurdi.

Savdo aloqalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilda mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 611,8 million Kanada dollarini tashkil etgan: shundan Kanadaning Portugaliyaga eksporti 236,6 Kanada dollarini, Kanadaning Portugaliyadan importi esa 375,2 million Kanada dollari miqdorida amalga oshirilgan. Kanada Portugaliyaga eksport qiladigan mahsulotlar: aerokosmik mahsulotlar, don mahsulotlari, mashinalar va ehtiyot qismlar, temir va poʻlat, sabzavotlar. Portugaliyaning Kanadaga eksporti: ichimliklar (vino), mineral yoqilgʻi va moylar, poyabzal, elektr jihozlari va mebellar[1].

Portugal diasporasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kanadada 400 000 ga yaqin portugal millatiga mansub odamlar, birinchi avlod muhojirlari va Kanadada tugʻilgan portugallarning avlodlari bor. 1953-yilda Kanada Portugaliya aholisining koʻchib kelishini osonlashtirdi, koʻpchilik portugal kanadaliklari Azor orollaridan kelib oʻrnashgan. Toronto shahrida kichik Portugaliya deb nomlangan portugal kanadaliklarining ixcham yashash joyi mavjud va Monreal shahrida ham shunga oʻxshash hudud bor. Taxminan 34,000 portugal kanadaliklari Britaniya Kolumbiyasida yashaydi, ulardan 20,000 nafari Vankuverda. Kalgari, Vinnipeg va boshqa shaharlarda kam sonli portugal jamoalari mavjud. XVI asrdan beri portugal baliqchilari Nyufaundlendda yashaydilar.

Diplomatik missiyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 „Bilateral relations between Canada and Portugal“. 2020-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-mart.
  2. „Let us Prey: With the Old Regime in Portugal“. 2020-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-mart.
  3. „Embassy of Canada in Lisbon“. 2020-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-mart.
  4. „Embassy of Portugal in Canada“. 2020-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-mart.