Kontent qismiga oʻtish

Kanadzava

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kanadzava — Yaponiyadagi shahar. Xonsyu o.ning gʻarbiy qismida. Isikava prefekturasining maʼmuriy markazi. Axrlisi 453 ming kishi (1995). Xokuriku iqtisodiy rayonining sanoat va madaniy markazi. Toʻqimachilik (sho-yi, ip gazlama), tikuvchilik, kimyo va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Toʻqimachilik va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari bor. Sifatli va nafis chinni, loklangan buyumlar, baliq ovlash toʻrlari ishlab chiqariladi. Un-t, Kenroku milliy parki bor. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil