Kontent qismiga oʻtish

Kapella (musiqa)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kapella — 1) xor jamoasi. Dastlab faqat qoʻshiqchilardan iborat boʻlgan; keyinchalik, cholgʻu musiqa rivoji natijasida vokal-cholgʻu musiqa jamoalariga aylangan. Oʻzbekistonda xor sanʼati ravnaq topib, turli xor jamoalari, shu jumladan, Oʻzbek davlat filarmoniyasi xor kapellasi (1952), Oʻzbekiston televideniyesi va radiosi xor kapellasi (1960) tashkil etilgan;

2) baʼzi maxsus orkestrlarning nomi (harbiy kapella, raqs kapellasi va boshqalar)[1].

  1. „Kapella (musiqa)“ OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil