Kontent qismiga oʻtish

Kapitan Keling masjidi

Koordinatalari: 5°25′00.0″N 100°20′14.6″E / 5.416667°N 100.337389°E / 5.416667; 100.337389
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Kapitan Keling masjidi
malaycha: Masjid Kapitan Keling
Kapitan Keling masjidi
Mamlakat  Malayziya
Penang shtati Jorjtaun shahri
Koordinatalar 5°25′00.0″N 100°20′14.6″E / 5.416667°N 100.337389°E / 5.416667; 100.337389
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Islom va moʻgʻul meʼmorchiligi
Binokorlik sanasi 1801 yil

Kapitan Keling masjidi (malaycha: Masjid Kapitan Keling) – XIX asrda hind musulmon savdogarlari tomonidan Malayziyaning Penang shtati Jorjtaun shahrida qurilgan masjid[1][2]. Bino Buckingham (Lebuh Buckingham) va Pitt koʻchalarining (Jalan Masjid Kapitan Keling) burchagida joylashgan.

Masjid taniqli islomiy tarixiy markaz boʻlib, Jorjtaun hududidagi Jahon merosi obyektining bir qismi hisoblanadi. Bino, shuningdek, shaharning Tamil musulmon mahallasi, Chulias markazida joylashgan. Masjid ushbu hududdagi 1800-yillarning boshidan beri tashkil etilgan birinchi doimiy musulmon uchun manzilgoh hisoblanadi[3]. Cauder Mohuddeen Merican esa masjid asoschisi va Chulias rahbari sifatida tanilgan. 1801-yilda oʻsha paytda Penang gubernatori boʻlgan ser George Leith taniqli hind musulmonlari yetakchisi Kauder Mohuddeenni Janubiy Hindistonning „Keling“ jamoasi kapitanligiga tayinlagan. Masjid qurish uchun Malabar koʻchasining janub tomonidan (Chuliya koʻchasi) yer ajratilgan. Cauder Mohuddeen (taxminan 1759-yilda tugʻilgan) Porto Novodan kelgan kema brigadiri boʻlib, tamillar uni Paringgipettai va musulmonlar esa Mahmudbandar deb atashgan. Shuningdek, u „Kapitan Kling“ nomi bilan ham mashhur boʻlgan[3].

„Keling“ soʻzi hind millatiga mansub kishilar uchun malaycha atama boʻlib, bugungi kunda haqoratli soʻz deb hisoblaniladi, lekin masjid qurilgan paytda ushbu atama bunday ahamiyatga ega boʻlmagan.

Taʼmirlash ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1930-yilda amalga oshirilgan taʼmirlash ishlaridan keyin Kapitan Keling masjidi hozirgi koʻrinishga keltirilgan, chunki binoning oldingi dizayni oʻsha paytda amaliy emas deb topilgan. Qurilish ishlari davomida masjid qayta qurilmagan, faqatgina bino hududi kengaytirilgan. Shuningdek, qurilish ishlari davomida markaziy namoz oʻqish zali balandligi ikki martaga koʻtarilgan, ventilyatsiya tizimi yaxshilanib, binoning ichki qismiga tabiiy yorugʻlikning koʻproq kirish imkoni berilgan. Binoning tashqi koʻrinishi sargʻish, ichki qismi oq rangda. Ichki makon oq marmar poldan iborat boʻlib, baland shiftga ega. Islomda diniy manzilgohlarda inson va hayvon tasvirlarini chizish taqiqlanganligi sababli binoning jabhasi va uning ichki qismi geometrik naqshlar bilan bezatilgan.

  1. „Kapitan Keling Mosque“. 2012-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-aprel.
  2. „Visit Penang“. 2013-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-aprel.
  3. 3,0 3,1 Khoo Salma Nasution, The Chulia in Penang: Patronage and Place-making around the Kapitan Kling Mosque, 1786–1957. Penang: Areca Books, 2014. ISBN 9789675719158

Vikiomborda Kapitan Keling Mosque mavzusiga oid fayllar bor