Kontent qismiga oʻtish

Kaprolaktam

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kaprolaktam — ye - aminokaprolaktam kislotaning laktami, oq rangli kristall modsa, suyuqlanish temperaturasi 68—69°, qaynash temperaturasi 262,5°. Suvda va organik erituvchilarda, mas, spirt, efir, benzolda yaxshi eriydi. K.ning muhim xossasi polimerlanib qimmatbaho polimerpolikaproamid hosil qilishidir. K. i.ch.ning asosiy usullaridan biri — siklogeksanni havo kislorodi bilan katalitik oksidlab siklogeksanonga, soʻngra uni gidroksilamin bilan taʼsir ettirib siklogeksanonoksimga aylantirishga asoslangan. Soʻnggi oraliq mahsulot Bekman qayta guruhlanishi orqali K.ga aylantiriladi. K. fenoldan ham sintez qilinadi. K. poliamid plastmassalar, plyonkalar, sunʼiy tolalar va lizinlar olishda qoʻllanadi. Oʻzbekistonda K. Chirchiq sh.dagi zavodda ishlab chiqariladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil