Kontent qismiga oʻtish

Kapuas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kapuas
Tavsif
Uzunligi 1 143
Suv sarfi 6 707 m³/s
Davlat Indoneziya
Kapuas

KapuasKalimantan o.ning gʻarbiy qismidagi daryo, Indoneziyada eng katta. Uzunligi 1040 km, havzasining maydoni 97 ming km2. Boven-Kapuas togʻlaridan boshlanadi. Botqoqlashgan tekisliklardan oqib, Janubiy Xitoy dengiziga quyiladi. Yil boʻyi toʻlib oqadi, yogʻingarchilik mavsumlarida (aprel va noyabr oylarida) atrofdagi hududlarni suv bosadi. Oʻrtacha suv sarfi 5000 m3/sek. Quyilish joyidan boshlab 900 km masofada kema qatnaydi (orolni ichki rayonlar bilan bogʻlovchi asosiy transport yoʻli). Deltasida Pontianak porti joylashgan. Daryoda baliq ovlanadi, yogʻoch oqiziladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil