Kontent qismiga oʻtish

Qoraquloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Karakaldan yoʻnaltirildi)
Qoraquloq
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Turkum: Yirtqichlar
Oila: Mushuksimonlar
Kenja oila: Felinae
Urugʻ: Karakal
Tur: C. caracal
Binar nomi
Caracal caracal


Qoraquloq, (ing. Caracal) – mushuksimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. U birinchi marta 1776-yilda nemis tabiatshunosi Johann Christian Daniel fon Schreber tomonidan fanga kiritilgan.

Taksanomiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Felis caracal 1776-yilda Johann Christian Daniel fon Schreber tomonidan qoʻllangan ilmiy nom boʻlib, u Yaxshu umid burnidan topilgan Qoraquloq turini bu nom bilan atagan[1]. 1843-yilda John Edward Gray uni Caracal turiga joylashtirgan[2]. XIX—XX asrlarda bir nechta Qoraquloq turlari topilgan va kichik turlar sifatida alohida Felinae oilasiga qoʻshilgan. 2017-yildan boshlab uchta Qoraquloq bu kichik turga kiritilgan deb tan olingan. Bular quyidagilar:

Janubiy hududlarda yashovchi Qoraquloq (C. c. caracal) (Schreber, 1776-yil) – Janubiy va Sharqiy Afrikada uchraydi.

Shimoliy hududlarda yashovchi Qoraquloq (C. c. nubicus) (Fischer, 1829-yil) – Shimoliy va Gʻarbiy Afrikada uchraydi.

Osiyo hududlarida yashovchi Qoraquloq (C. c. schmitzi) (Matschie, 1912-yil) – Osiyoda uchraydi.

Afrika, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo hamda Pokiston va Hindiston shimoli-gʻarbiy qismidagi qurgʻoqchil hududlarda yashaydi. U mustahkam tuzilishi, uzun oyoqlari, kichkina yuzi, uzun quloqlari va uzun tishlari bilan ajralib turadi. Uning yungi bir xilda qizgʻish yoki sargʻish, qorin boʻshligʻida kichik qizgʻish dogʻlari bor. Qoraquloqlarning yelkasining oʻlchami oʻrtacha 40 sm dan 50 sm atrofida boʻladi va ogʻirligi taxmin 8 kgdan 19 kg ni tashkil qiladi. Tanasining oʻlchami esa 65 sm dan 82 sm gacha yetadi, dumining uzunligi 25 sm dan 30 sm gacha boʻladi. Tashqi koʻrinishi qisman silovsinga oʻxshaydi; qulogʻi uchida qora tuklari bor, dumi toʻmtoq emas. Yungi kalta. Odatda tunda, qoraquloqni kuzatish qiyin. Qoraquloqlar hududlarini boʻlib olishadi va asosan yolgʻiz yoki juft boʻlib yashaydi. Qoraquloq yirtqich hayvon boʻlib, odatda qushlar, kemiruvchilar va boshqa mayda sutemizuvchilarni ovlaydi. U 3,0 m dan balandroq sakrashi va havoda qushlarni tutishi mumkin. U oʻz oʻljasini undan 5 m masofada boʻlgunga qadar taqib qiladi, soʻng uning tomogʻi yoki boʻyniga otilib tishlab oladi va soʻngra oʻldiradi. Qoraquloqning erkagi ham urgʻochisi ham bir yoshga toʻlganida balogʻatga yetadi, yil davomida koʻpayadi. Homiladorlik ikki oydan uch oygacha davom etadi, ular bittadan oltitagacha mushukchalar bolalashi mumkin. Voyaga yetmagan Qoraquloqlarni toʻqqiz oydan oʻn oygacha onalarini tashlab ketishadi. Qoʻriqxonalardagi Qoraquloqlarning oʻrtacha umri deyarli 16 yil.

Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo hamda Pokiston, Hindiston shimoli-gʻarbiy qismidagi qurgʻoqchil hududlari, Afrika va Osiyo choʻllarida yashaydi. Oʻrta Osiyoda Turkmaniston janubida uchrashi mumkin. Qoraqalpogʻistonning Ustyurt yassi tekisligi va Amudaryoning quyi oqimi, avvallari gʻarbiy Qizilqumda ham uchragan[3]. Quyon, mayda kemiruvchilar (qum-sichqonlar) va qushlarni tutib yeydi. Soni kamayib ketgan. Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

  1. Schreber, J. C. D. (1777). „Der Karakal“. Die Säugethiere in Abbildungen nach der Natur mit Beschreibungen. Erlangen: Wolfgang Walther. pp. 413–414.
  2. Gray, J. E. (1843). „The Caracal“. List of the specimens of Mammalia in the collection of the British Museum. London: The Trustees of the British Museum. p. 46.
  3. „Ўзбекистон Республикасининг Қизил китоби том 2 2019“.