Silovsin
Qiyofa
Silovsin () — mushuksimonlar oilasiga mansub sutemizuvchi hayvon. Oʻzbekiston janubidagi togʻlarning oʻrta va yuqori qismida uchraydi. Asosan, tunda faol. Yanvar — mart oylarida juftlashadi. May — iyunda bolalaydi. . Quyon, sichqon kabi kemiruvchilar, qushlar, tuyoqlilar bilan oziqlanadi. Soni uzluksiz kamayib boryapti. "Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisida"gi Konvensiya (SGGE5)ning 1-ilovasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |