Kontent qismiga oʻtish

Kardiologiya markazi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kardiologiya markazi — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli ilmiy tadqiqot muassasasi hisoblanadi. Ilmiy markaz Toshkent shahrida joylashgan. 1976-yil Toshkent tibbiot akademiyasi tarkibida ilmiy tadqiqot instituti sifatida tashkil etilib, 1978-yilda mustaqil institut boʻlib ajralib chiqdi. 1999-yildan shu nomga sazovor boʻldi. Markaz ilmiy va amaliy faoliyatining asosiy yoʻnalishlari — gipertoniya, yurak ishemik kasalligi, miokard infarkti, qon aylanishi yetishmovchiligi kabi kasalliklarning kelib chiqishi va oʻziga xos kechish xususiyatlarini oʻrganish; ularning diagnostikasi, oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqish; Oʻzbekistonda kardiologiya muammosi bilan bogʻliq masalalarga rahbarlik qilish va boshqarish, respublikada kardiologiya xizmatini tashkil etish; yuqori malakali ilmiy va amaliy kardiolog mutaxassislar tayyorlash va boshqalardan iborat. Markazda 2 ilmiy guruh, 9 lab., 101 oʻrinli klinik kasalxona bor. Shuningdek, poliklinika va bemorlar kunduzi qatnab yotib davolanishlari mumkin boʻlgan ambulatoriya (SKAL)ishlab turibdi. Markazda 70 ga yaqin ilmiy xodim, jumladan 10 fan d-ri va 30 fan nomzodi xizmat qiladi (2002). K.m.da d-rlik va nomzodlik dissertatsiyalari qimoyasi boʻyicha maxsus ilmiy kengash faoliyat koʻrsatadi (1990-y.lardan). Markaz olimlari (R. Qurbonov, A. Xujayev, R. Mamutov, A. Kurmukov, G. Qiyoqboyev va b.) oʻtkir miokard infarqti bilan ogʻrigan bemorlarni bosqichmabosqich sogʻlomlashtirish, kardiologik yordam koʻrsatishning yangi shakli — maxsus ambulatoriya davolash kursi (MADKSKAL) hamda yurak kasalligining dolzarb masalalari boʻyicha koʻpgina ilmiy — amaliy anjumanlarda qatnashib keladi. Yurak kasalliklarini mahalliy xom ashyodan tayyorlangan dorilar (allapinin, aklezin, glirofam, oligvon, kavergal) bilan davolash yoʻl-yoʻriqlarini ishlab chiqib amaliyotga tadbiq etadi. Markaz ilmiy toʻplam, monografiya, darslik va turli qoʻllanmalar chop etadi, ixtirolar qiladi.

Ravshanbek Kurbonov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil