Kardiospazm
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kardiospazm (yun. kardia, bu yerda — meʼdaning kirish qismi va spazm), kardi axalaziyasi, frenospazm — qiziloʻngachning meʼdaga kirish qismi — kardining torayib qolishi. Nervmuskul faoliyatining izdan chiqishi, qiziloʻngachning reflektor disfunksiyasi va b. sabablar natijasida yuzaga keladi. K.da qiziloʻngachdan ovqat luqmasining oʻtishi qiyinlashadi (qiltomoq), uning yuqori boʻlimlari (toraygan joyidan keyingi qismi) kengayadi, toʻsh sohasi orqasida ogʻriq seziladi, kekirish va hokazo kuzatiladi. Qiziloʻngachning kengaygan qismida ovqat turib qolib ayniganda, uning shilliq qavati yalligʻlanadi (ezofagit); jarayon baʼzan qiziloʻngach devorining hammasiga, hatto atrofidagi hujayralarga ham tarqalishi mumkin. Natijada chandiq hosil boʻlib, stenoz roʻy beradi. Kasallik asosan 20—40 ya shar ayol va erkaklarda uchraydi.
Davos i : K.ning dastlabki davrida konservativ davo: ovqatlanish maromiga rioya qilish, spazmga qarshi va tinchlantiruvchi dorilar buyuriladi. Kasallik zoʻrayib, bemorning ahvoli ogʻirlashaversa, jarrohlik usuli qoʻllanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |