Karim Ahmedov
Karim Ahmedov | |
---|---|
Ahmedov Karim Sodiqovich | |
Tavalludi |
19-fevral 1914-yil |
Vafoti | 1996 |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Karim Sodiqovich Ahmedov (19-fevral 1914-yil; Toshkent) — kimyogar olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1968). Kimyo fanlari doktori (1958), professor (1960). Oʻrta Osiyo universitetini bitirgan (1937). Toshkent Davlat universitetida kafedra mudiri (1953—1972). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Kimyo institutida laboratoriya mudiri (1958-1981), shu institut direktori (1965-1972), ToshPI rektori (1972-1988), kafedra mudiri (1973-yildan). Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektorati qoshida maslahatchi (1991-yildan). Karim Ahmedov Oʻzbekistonda birinchilar qatorida tabiiy va sunʼiy yoʻl bilan olingan yuqori molekulyar birikmalarning fizik va termokimyosi sohasida tadqiqotlar oʻtkazgan. Uning ilmiy ishlari asosan kolloidlar va polimerlar kimyosiga oid boʻlib, suvda eruvchan polielektrolitlar, quyi va yuqori molekulyar sirt-faol moddalar olishning yangi yoʻnalishlarini ochish hamda amalga tatbiq etish masalalariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan (1998).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |