Karina Cyfka
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Karina Cyfka (qizlik familyasi: Szczepkowska; 1987-yil 28-oktyabrda tugʻilgan) — polshalik shaxmatchi. FIDE yosh shaxmatchiga 2010-yil yanvar oyida ayol grossmeyster[1] va 2016-yil sentyabr oyida xalqaro usta shaxmatchi unvonlarini berdi[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Karina Cyfka shuningdek, Karina Szczepkowska-Horowska nomi bilan ham tanilgan. U 2003-yilda u 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar toifasida shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida rossiyalik Polina Malysheva bilan tenglashib, tay-breykda kumush medalni qo‘lga kiritdi[3]. Cyfka Polsha oʻsmirlar chempionatida koʻp karra sovrindor boʻlgan va 2020-yilda Polsha ayollar chempionatida gʻolib chiqqan[4].
U Polsha terma jamoasi safida ayollar shaxmat olimpiadasida, shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jamoaviy jahon chempionatida[5] va ayollar o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha Yevropa jamoaviy chempionatida faol ishtirok etgan. Keyinchalik esa, 2016-yilda Cyfka Ozarbayjonning Boku shaxrida boʻlib oʻtgan 42-shaxmat Olimpiadasida ayollar bahsida ikkita kumush medalni qoʻlga kiritdi, bu esa uning yuqori natijalaridan biri edi. Ushbu musobaqada Polsha ikkinchi oʻrinni egalladi va u uchinchi stolda kumush medalni qoʻlga kiritdi. Koʻplab shu kabi oʻyinlarda Karina katta jasorat koʻrsatib, oʻz terma jamosiga yuqori oʻrinlarni olib keldi[6]. U shaxsiy hayoti haqida juda kam gapiradi, lekin u doim yaqinlari bilan vaqt oʻtkazishni yaxshi koʻradi. Shaxmat shaxsiy hayotining ajralmas bir boʻlagiga aylangani uchun kundalik faoliyatida shaxmat bilan hobbisi kabi mashgʻulot qiladi. Bu esa unga katta zavq beradi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „FIDE Titles Awarded at the Bursa Presidential Board 1/2010“. FIDE (2010-yil 8-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 14-aprel.
- ↑ „List of titles approved by General Assembly in Baku, Azerbaijan“. FIDE (2016-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 14-aprel.
- ↑ „Final Standings – Girls Under 16“. World Youth Championships 2003. chess.gr. 2012-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-aprel.
- ↑ Besenthal. „Karina Cyfka is Polish Women's Champion!“. ChessBase (2020-yil 13-avgust). Qaraldi: 2020-yil 3-noyabr.
- ↑ „World Women's Team Championship in Ningbo“. ChessBase (2009-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2011-yil 2-noyabr.
- ↑ „USA and China take gold in Baku Chess Olympiad“. Chessdom (2016-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 16-aprel.