Kontent qismiga oʻtish

Karmener

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Karmener (Carménère) 2019

Karmener (fransuzcha: Carménère) — qizil sharob ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan texnik (sharob uchun) uzum navi. Fransiyaning Medok (fr.) viloyatining klassik navlaridan biri, asrlar davomida Bordo vinolarini ishlab chiqarish uchun ishlatilgan.

Karmener barglari

1867-yilda Yevropada filloksera zararkunandalarining epidemiyasi tufayli deyarli butunlay yoʻq qilindi. Bordoda u asosiy xususiyatlari oʻxshash Merlo navi bilan almashtirildi.

Hozirgi vaqtda karmenerning asosiy hajmi Chilida, ozginasi Italiya va AQShda yetishtiriladi. Navni yetishtirish qiyin, uzoq vaqtda pishadi. Taninlarning miqdori past.

Merlo navidan farqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Genetika tadqiqotlari shuni koʻrsatdiki, karmener merloning uzoq qarindoshi boʻlishi mumkin va bu ikki nav oʻrtasidagi farqlar asrlarga borib taqaladi. Oʻxshashliklarga qaramasdan, navlar oʻrtasida mutaxassisga turlarni ajratishga yordam beradigan juda jiddiy farqlar ham mavjud. Masalan, pishganida, karmener barglari pastdan qizgʻish rangga ega, merloda esa oq rangga ega. Barg shaklida ham ozgina farqlar mavjud[1].

Sharob xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karmener vinosi ogʻizda oʻrtacha zich his qilinadi (inglizcha: medium bodied), taʼmi odatda unchalik ham taxir emas, rezavorlar va qora murch nozik taʼmiga ega. Sharob yengil ichiladi. Ayniqsa, qizil goʻsht va makkajoʻxorili taomlar bilan yaxshi uygʻunlashadi. Alkogol Chilmiqdori 12-14% ni tashkil qiladi.

  1. Oz Clarke; Margaret Rand. Oz Clarke's Encyclopedia of Grapes. Harcourt, 2001 — 60-bet. ISBN 978-0-15-100714-1.