Karnam Malleswari
Karnam Malleswari | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | (ayol) |
Fuqaroligi | Hindiston |
Tavallud sanasi |
1-iyun 1975-yil Voosavanipeta, Srikakulam district, Andhra Pradesh, Hindiston |
Boʻyi | (163 sm) |
Vazni | 54 kg |
Sport | |
Qaysi sport | (Og'ir atletika) |
Karnam Malleswari (1975-yil 1-iyunda tugʻilgan) — hindistonlik sobiq ogʻir atletikachi. U 2000-yilgi Olimpiadada medal qoʻlga kiritgan birinchi hindistonlik ayoldir. 1994-yilda Arjuna mukofotini, 1999-yilda esa Hindistonning eng yuqori sport sharafi — Rajiv Gandi Khel Ratna mukofotini va fuqarolik Padma Shri mukofotini qoʻlga kiritgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Malleswari 199-yil va 1995-yillarda 54 kg vazn toifasida jahon chempioni boʻlgan va 1993-yil va 1996-yillarda uchinchi oʻrinni egallagan.
1994-yili Istanbulda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida kumush, 1995-yili Koreyada boʻlib oʻtgan ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionatida 54 kilogramm vazn toifasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Oʻsha yili Karnam Xitoyda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida rekord darajadagi 113 kg vazn koʻtarib, chempionlikni qoʻlga kiritgan. Olimpiadadagi gʻalabasidan oldin ham Mallesvari ogʻir atletika boʻyicha ikki karra jahon chempioni boʻlgan, 29 ta xalqaro medal, jumladan, 11 ta oltin medal sohibasidir[1].
Milliy va xalqaro medallar bilan bir qatorda, Mallesvari 1994-yilda Arjuna mukofoti, 1999-yilda Rajiv Gandi Khel Ratna va 1999-yilda Padma Shri bilan taqdirlangan[2][3].
2000-yilgi Sidney Olimpiadasida Mallesvari dast koʻtarishda 110 kg, siltab koʻtarishda esa 130 kg, jami 240 kg natija koʻrsatib bronza medalini qoʻlga kiritgan va Olimpiada medalini qoʻlga kiritgan birinchi hindistonlik ayol boʻlgan[4]. U, shuningdek, Olimpiada medalini qoʻlga kiritgan birinchi hindistonlik ogʻir atletikachi[5]. Uning medali Hindiston 2000-yilgi Olimpiadada qoʻlga kiritgan yagona medal hisoblanadi[4].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Malleswari Andxra Pradesh shtatidagi Amadalavalasa yaqinidagi Voosavanipeta shahridagi Karnam oilasida tugʻilgan[6]. Uning toʻrtta singlisi bor va barchasi turmush qurgan va oʻz hayotlaridan mamnunlar.
Malleshvari oʻz faoliyatini 12 yoshida boshlagan va murabbiy Neelamshetti Appanna qoʻl ostida tarbiyalangan[7]. Uning singlisi turmushga chiqqan va Dehlida yashagan. Malleshvari ajoyib sportchi boʻlish salohiyatiga ega ekanligi ayon boʻlgach, yaxshi mashgʻulot oʻtkazish uchun Dehli shaharga koʻchib oʻtgan. Qisqa vaqt ichida uning isteʼdodi Hindiston sport boshqarmasi tomonidan aniqlangan. 1990-yilda Malleshvari milliy jamoaga qoʻshilgan va toʻrt yil oʻtgach, 54 kg vazn toifasida ogʻir atletika boʻyicha mutloq jahon chempionati gʻolibiga aylangan[8].
1997-yilda Malleshwari ogʻir atletikachi Rajesh Tyagi bilan turmush qurgan. 2001-yilda, oʻz sport turi boʻyicha Olimpiya bronza medalini qoʻlga kiritganidan bir yil oʻtib, oʻgʻil farzand koʻrgan va ilk bor ona boʻlgan. 2002-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlaridagi musobaqalarga qaytishni rejalashtirgan edi, lekin otasining oʻlimi tufayli musobaqani tark etgan. 2004-yilgi Olimpiadada yaxshi natijalar koʻrsata olmaganidan keyin nafaqaga chiqqan[9][10]. Karnam Malleshvari va Tyagi hozirda Haryana shtatining Yamunanagar shahrida oʻgʻli va qaynonasi bilan birgalikda yashaydi. Hindiston oziq-ovqat korporatsiyasida bosh bosh menejer (Bosh maʼmuriyat) lavozimida faoliyatini davom ettirgan.
2021-yil iyun oyida Karnam Dehli hukumati tomonidan tashkil etilgan Sport universiteti prorektori lavozimiga tayinlangan[11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ BISWAS, SOUTIK. „Bronze Woman“. outlookindia (2000-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 25-avgust.
- ↑ „Karnam Malleswari made first Vice-Chancellor of Delhi Sports University“. The New Indian Express (2021-yil 23-iyun). Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
- ↑ „Padma Awards“. Ministry of Home Affairs, Government of India (2015). 2015-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-iyul.
- ↑ 4,0 4,1 Ganguly, Meenakshi (27 December 2000) Conversations: 'I Did What I Could For My Country'. Time
- ↑ „Tokyo Olympics: Karnam Malleswari reacts to Mirabai Chanu's silver“ (en). Hindustan Times (2021-yil 24-iyul). Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
- ↑ „Karnam Malleswari: The woman who lifted a nation“ (en). The Hindu. Qaraldi: 2017-yil 25-avgust.
- ↑ „Karnam Malleswari: The woman who lifted a nation“ (en). The Hindu. Qaraldi: 2017-yil 25-avgust.
- ↑ „Bronze Woman“. outlookindia. Qaraldi: 2017-yil 25-avgust.
- ↑ Malleswari lifts Indian Olympic hopes — ʻI’m enjoying my preparation for a second medal… I’m very hopeful’. The Telegraph (8 July 2004)
- ↑ „Karnam Malleswari Birthday: Let's recall this first Indian Olympic Medal winner once again“. The Hans India.
- ↑ P., Sujatha Varma. „Andhra Pradesh Governor congratulates Karnam Malleswari“ (en-IN). The Hindu (2021-yil 24-iyun). Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.