Karrali yulduzlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Ushbu sahifani Karrali yulduz bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Karrali yulduzlar - osmon sferasida bir-biriga nisbatan yaqin joylashgan 3 yoki undan ortiq yulduzlar sistemasi. K. yu. aʼzolari oʻzaro gravitatsion bogʻliq boʻlib, umumiy massa markazi yoki asosiy bosh yulduz atrofida harakatlanadi. Qoʻshaloq yulduzlardan 1/3 aslida K. yu.dan iborat ekanligi maʼlum boʻldi. Aʼzolari soni 6 — 7 ta boʻlgan K. yu. topilgan. K. yu. tarkibiga fizik oʻzgaruvchan va rentgen yulduzlarining kirishi katta amaliy ahamiyatga ega, bu bilan ularning massalarini aniqlashga imkon beradi. K. yu.ni birinchi marta 17-asrda ingliz olimi V. Gershel kashf etgan va 1784-yil 700 K. yu.ni oʻz ichiga olgan jadvalni tuzgan. Bunday yulduzlardan 30000 tasi maʼlum (2002). K. yu.ning hammasini ham teleskoplar yordamida ajratib koʻrib boʻlmaydi. Bunday yulduzlarning baʼzilari ravshanligini oʻzgartirib turadi. Ravshanligining oʻzgarib turishiga yoki spektridagi chiziqlarning davriy siljishlariga (yoʻldosh yulduzning markaziy yulduzni toʻsib oʻtishi sababli) qarab bir-biriga nihoyatda yaqin joylashgan K. yu. aniqlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |