Kasım Bey
Kasım Bey | |
---|---|
turkcha: Kasım Bey' | |
Karamanoğulları beki | |
Saltanat | 1469-1483 |
Oʻtmishdoshi | Sultanzâde Pîr Ahmed Bey |
Davomchisi | Turgutoğlu Mahmud Bey |
Tugʻilishi | ? |
Vafoti | 1493-yil |
Uy | Karamanoğulları |
Otasi | Karamanoğlu İbrahim Bey II |
Onasi | İlaldı Hatun |
Dini | Sunni Islom |
Kasım Bey (turkcha: Kasım Bey) — Karamanoğulları bekligida 1469-1483-yillar orasida hukmdorlik qilgan turk beki. Ushbu beklik 1250-1487-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan boʻlib, XIV-XV asrlarda Onadoʻlida Usmonlilar imperiyasi bilan birga eng qudratli davlat hisoblangan.[1][2].
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Karamanoğlu İbrahim Bey II Usmonlilar sultoni Murod IIning qizi bilan turmush qurgan boʻlib, Karamanoğlu İshak Beydan tashqari hamma shahzodalar qonida usmonli qoni bor edi. Shu sababdan, Ibrahim Bey Ishak beyni yaxshi koʻrar, taxtni ham Ishak Beyga meros qilib qoldirgan edi. Otasi Karamanoğlu İbrahim Bey II vafot etganida hamma akalari kabi Kasım Bey ham Karamanoğulları bekligi taxti uchun kurash olib bordi. Dastlab, aka-ukalar Ishak bekning bekligiga qarshi isyonlar ettilar va Usmonlilar ularga katta dastak bilan yordam ettilar. Usmonlilar yordami bilan Kasım Beyning akasi Sultanzâde Pîr Ahmed Bey beklik taxtiga oʻtirdi va vaʼda qilganligi uchun beklikning yarmini Usmonlilar imperiyasiga berdi. (Usmonlilar bergan dastak qarshiligida). Ammo keyinchalik, afsuslandi va bergan hududlarini qaytarib oldi. Ammo Mehmed II Fotih Onadoʻliga qaytdi va beklikning ikki katta shahri Karaman va Koʻniyani bosib oldi. Pir Ahmed qiyinchiliklar bilan sharq tarafga qarab qochdi. Bir necha yil oʻtgach, Usmonli sadrazami Gedik Ahmed Paşa beklikning qirgʻoqboʻyi hududlarini egalladi. Shundan soʻng, beklik taxtiga Kasim Bey oʻtirdi. Kasim Bey davrida Boyazid II Usmonlilar sultoni edi. Kasim Bey Usmonlilar bilan bir nechta shartnomalar imzoladi. 1483-yilda vafot etdi. Undan so'ng, taxtga Turgutoğlu Mahmud Bey chiqdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Humkdorlik unvoni | ||
---|---|---|
Oʻtmishdoshi: Sultanzâde Pîr Ahmed Bey |
Karamanoğulları beki 1469-1483 |
Vorisi: Turgutoğlu Mahmud Bey |