Kontent qismiga oʻtish

Kasai (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kasai
Tavsif
Uzunligi 2 272
Suv sarfi 12 000 m³/s
Joylashuvi
Davlat Angola va Kongo Demokratik Respublikasi
Kasai (daryo)


Kasai (portugalcha: Rio Cassai, fransuzcha: Kasaï; quyi oqimida Kva) — Markaziy Afrikadagi daryo, Angola va Kongo Demokratik Respublikasi xududida. Kongo daryosining yirik chap irmogʻi. Uzunligi 2000 km, havzasining maydoni 880,2 ming km2. Lunda platosidan boshlanib, uning shimoliy yon bagʻirlari boʻylab ostona va sharsharalar hosil qilib, Kongo botigʻiga oqib tushadi. Quyi oqimida koʻlga oʻxshash shakllarni hosil qilgan. Yirik irmoqlari: oʻngdan — Lulua, Sankuru, Fimi; chapdan — Kvango. Sentyabr—oktyabrdan aprelgacha toʻlib oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 10 ming m3/sek. Baliq ovlanadi. Quyilish joyidan boshlab 790 km masofada kema qatnaydi. Yirik pristani — Ilebo. Kasai havzasida yirik olmos konlari bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil