Kashfiyot
Kashfiyot — izlanish, tekshirish, ilmiy tadqiqot natijasida, baʼzan esa tasodifan topilgan, yaratilgan ilmiy yangilik. Unga tabiat hodisalari va jamiyat qonuniyatlarini ongli ravishda ilmiy idrok qilish natijasida erishiladi. Kashfiyot tufayli moddiy dunyoning ilgari insoniyatga maʼlum boʻlmagan obyektiv qonuniyatlari, xossalari va hodisalari maʼlum boʻladi. Kashfiyot insoniyatning bilish jarayoni darajasini tubdan oʻzgartiradi. Kashfiyot fan-texnika inqilobining asosini tashkil etadi, fan va texnika taraqqiyotiga tubdan yangi yoʻnalishlarni baxsh etadi. Inson bosib oʻtgan tarixiy jarayonda juda koʻp Kashfiyotlar qilindi. Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlay bilish kerak. Kashfiyot natijasida muayyan qonuniyatlar yaratiladi, ixtiro natijasida esa muhim yangiliklar yaratilishi mumkin. Masalan, Arximedning suv chiqarish vinti oʻta yangilik boʻlsa ham u ixtiro hisoblanadi, I. Nyutonning butun olam tortishish qonuni esa olamshumul Kashfiyotdir. Hatto ichki yonuv dvigatelining yaratilishi ham ixtiro, lekin N.Kopernikning Yerning oʻz oʻqi atrofida va sayyoralar (shu jumladan, Yer)ning Quyosh atrofida aylanishi toʻgʻrisidagi gʻoyasi — olamshumul Kashfiyot Avtomobil va samolyotning yaratilishini ham ilmga, tabiat krnuniyatlariga asoslangan ixtiro deyish mumkin. Lekin Galileo Galileyning qushlarning uchishiga taqlid qilib samolyotning uchish sxemasini yaratishi Kashfiyot. hisoblanadi. Beruniy, Ibn Sto, Ulugʻbek yaratgan qonuniyatlar ham Kashfiyotlar jumlasiga kiritiladi.
Har qanday ixtiro ham K. boʻla olmaydi, lekin ixtiro K.ga suyangan holda qilinadi. Atom va vodorod bombalarining kashf qilinishini Kashfiyot jumlasiga kiritish mumkin, biroq, raketalarni yasash ixtiro hisoblanadi (yana q. Ixtirochilik).
Kashfiyot ham, ixtiro ham qonunchilikda muhofazalanadi. Ilmiy Kashfiyotlar va ixtirolarni roʻyxatga olish, mualliflik huquqini qonunlarda mustahkamlab qoʻyish davlat tizimi mavjud. Oʻzbekistonda Kashfiyot va ixtirolarni muhofazalash ishlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi shugʻullanadi (qarang Ixtirochilik huquqi]]).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |