Kaskar jangi
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Arab xalifaligi | Sosoniylar imperiyasi | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Abu Ubayd Saqafiy
Arfaja ibn Harsama |
Narsi
Jolinus Vinduyih Tiruyih |
Kaskar jangi (arab. معركة كسكر) Asuristonda (hozirgi Iroq) Arab xalifaligi va Sosoniylar imperiyasining kuchlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. Namoriq jangidan so‘ng mag‘lub bo‘lgan fors zodagonlari va Kaskar hokimi Narsiy[1] jonini saqlab qolish uchun o‘z mulkiga qochib ketadi. Musulmonlar ko‘p o‘tmay uning mulki tomon yurishadi va Narsiy uni himoya qilish uchun yo‘lga chiqadi. Uning qo‘shini qanotlariga Vistaxm, Vinduyix va Tiruyih ismli o‘g‘illari qo‘mondonlik qilishgan. Yana bir fors zodagoni Rustam Farruxzod ham sarkarda Jolinusni Narsiyga yordamga yuborgan, ammo u o‘z vaqtida yetib kela olmagan[2]. Jangda Narsiy qattiq mag‘lubiyatga uchragan, ammo u va uning qo‘mondonlari qochishga muvaffaq bo‘lishgan[2] . Jolinus ham tez orada musulmonlar bilan to‘qnash kelgan, lekin u ham mag‘lub bo‘lgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Michael G. Morony, Iraq After the Muslim Conquest, 2005. (p. 157)
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Pourshariati 2008, s. 213.