Kontent qismiga oʻtish

Kassatsiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kassatsiya (lotincha cassatio — bekor qilish, buzish) — qonuniy kuchga kirmagan sud hukmi (hal qiluv qarori) ustidan shikoyat qilish shakllaridan biri. Apellyasiya sudidan farqli ravishda, K. instansiyasi shikoyat yoki protest doirasi bilan cheklanib qolmaydi, balki bunda ish unda mavjud boʻlgan va qoʻshimcha taqdim qilingan materiallarning toʻla hajmida tekshirib chiqiladi. K. instansiyasi hukm (hal qiluv qarori)ni oʻzgarishsiz qoldirishi, bekor qilishi va ishni yangidan tergov qilishga yoki sud muhokamasiga joʻnatishi yo boʻlmasa hukmni bekor qilishi va sud ishi olib borishni toʻxtatishi mumkin. OʻzRda K. tartibida ish yuritish va K. shikoyati berish (K. protesta keltirish) qonunqoidalari JPK 56-bobida va FPK 38-bobida belgilab berilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil