Kontent qismiga oʻtish

Kastamonu

Koordinatalari: 41°22′35″N 33°46′35″E / 41.37639°N 33.77639°E / 41.37639; 33.77639
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kastamonu
Shahar
41°22′35″N 33°46′35″E / 41.37639°N 33.77639°E / 41.37639; 33.77639
Mamlakat Turkiya
Hukumat
 • Hokim Galip Vidinlioğlu
Maydon 183,404 km2 (70,813 kv mi)
Markazi balandligi 390 m
Rasmiy til(lar)i turkcha
Aholisi
 (2012)
96,217
Zichligi 70 kishi/km2
Konfessiyaviy tarkib
Vaqt mintaqasi UTC+3
Kastamonu xaritada
Kastamonu
Kastamonu

Kastamonu — Turkiya Respublikasining Kastamonu viloyatining markazi hisoblanadi. 2000-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, shahr aholisi 102,059 kishi boʻlib, shundan 64,606 nafari shahar markazida istiqomat qiladi[1][2]. (2010-yilda shahar markazi aholisi — 91,012 kishi boʻlgan[3].) Shahar 1,834 km2-maydonni egallaydi va 904 m balandlikda joylashgan[4].

Hukumatning tarixiy idorasi
Kastamonu qadimgi Usmonli uyi
Kastamonu Respublika yodgorligi

Shaharga miloddan avvalgi XVIII asrda asos solingan deb taxmin qilinadi. Shahar Rim imperiyasi davrida Timonion (yunonchada: Τιμόνιον) nomi bilan atalgan.

Shahar nomining oʻzgarishi X asrga toʻgʻri keladi. Vizantiya imperatori Isaak I Komnenosning otasi boʻlgan mashhur sarkarda Manuel Erotikos Komnenosga imperator Vasiliy II Kastamonu atrofidagi yerlarni bergan. Keyin Manuel Erotikos Komnenos u yerda Kastra Komnenon (Κάστρα Κομνηνῶν) nomli qalʼa qurdirdi. Kastra Komnenon nomi Kastamone deb qisqartirilgan, keyin esa Kastamoni va Kastamonu nomi bilan turkiylashgan[5].

Ibn Battuta shaharga tashrif buyurib, uni „eng katta va eng yaxshi shaharlardan biri, bu yerda tovarlar koʻp va narxlar past“ deb yozib qoldirgan. U bu yerda qirq kun yashagan[6].

Shaharning mashhur soʻfiy avliyosi Shayx Shabon Veliy boʻlgan[7][8].

Shahar oʻrta asrlarda Candaroğulları bekligi va Çobanoğulları bekligining poytaxti vazifasini bajargan.

Iqtisodiy tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

XX asr boshlarida Kastamonu atrofida nikel qazib olingan[9].

Kastamonuda 2006-yilda oldin Anqara universiteti va Gazi universiteti qoshida boʻlgan mavjud kollejlar, maktablar va institutlarni oʻz ichiga olgan Kastamonu universiteti tashkil etilgan. Kastamonudagi taniqli oʻrta maktabl: Abdurrahmon Pasa Lisesi boʻlib, shuningdek, Kastamonu Lisesi sifatida ham tanilgan. Ushbu ltsey Usmonlilar imperiyasining oxirida Onadoʻlida tashkil etilgan birinchi zamonaviy oʻrta maktab hisoblanadi. Kastamonu Mustafo Kaya Lisesi Istanbul, Anqara va Izmirdan soʻngra Turkiyadagi eng muvaffaqiyatli oʻrta maktablardan biri sanaladi.

Yil Umumiy Shahar markazi Shahar atrofi
1965[10] 67.093 23.485 43.608
1970[11] 79.279 29.338 49.941
1975[12] 80.099 29.993 50.106
1980[13] 88.321 35.464 52.857
1985[14] 98.109 46.986 51.123
1990[15] 94.279 51.560 42.719
2000[16] 102.059 64.606 37.453
2007[17] 115.332 80.582 34.750
2008[18] 115.871 80.946 34.925
2009[19] 119.867 86.085 33.782
2010[20] 123.972 91.012 32.960
2011[21] 125.787 93.347 32.440
2012[22] 128.537 96.217 32.320
2013[23] 132.710 98.456 34.254
2014[24] 137.391 103.724 33.667
2015 140.944 110.908 30.036
2016 146.103 114.131 31.972
2017 145.754 116.737 29.017
2018 148.931 118.282 30.649
2019 152.553 124.454 28.099
2020 151.500 124.018 27.482

Izoh: 1987-yilda İhsangazi shaharchasining ajralib chqishi ortidan, shahar aholisi kamaygan

Kastamonu qishi sovuq va yozi iliq boʻlgan nam kontinental iqlimga ega. Yogʻingarchilik yil davomida bir tekis taqsimlanib, bahor oylarida sezilarli oʻsish kuzatiladi.

Kastamonu shahri iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 17,3 21,1 27,8 31,4 35,1 37,5 42,2 40,2 39,3 32,5 24,7 21,1 42,2
Oʻrtacha maksimal, °C 3,6 6,9 11,5 17,0 21,7 25,3 28,8 29,1 24,6 18,7 11,2 4,8 16,9
Oʻrtacha harorat, °C −0,6 1,1 −4,8 9,5 14,2 17,7 20,5 20,5 16,2 11,2 4,9 0,7 10,1
Oʻrtacha minimal, °C −3,8 −3,1 −0,4 3,4 7,7 11,0 13,0 13,1 9,5 5,9 0,5 −2,4 4,5
Mutlaq minimal, °C −26,9 −22,3 −19,7 −8,5 −3,6 −0,2 3,8 0,9 −1,5 −7,5 −19,3 −23,7 −26,9
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 29,4 28,1 38,5 50,5 77,9 89,6 36,0 38,2 38,7 34,8 27,5 36,1 525,3
Manba: Turkiya davlat meteorologiya xizmati[25]
Kastamonu aeroporti

Kastamonu asosiy avtovokzali Turkiyaning koʻpgina yirik shaharlariga avtobus qatnoviga ega. Kastamonu aeroporti faol xizmat koʻrsatadi. Kastamonu, shuningdek, Gʻarbiy Qora dengiz mintaqasi uchun asosiy temir yoʻl punkti hisoblanadi.

Taniqli mahalliy insonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Turkish Statistical Institute. „Census 2000, Key statistics for urban areas of Turkey“ (tr) (XLS). 27-sentabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 17-noyabr. (WebCite saytida 2007-07-22 sanasida arxivlangan)
  2. GeoHive. „Statistical information on Turkey's administrative units“. Qaraldi: 2008-yil 22-noyabr.
  3. Statistical Institute[sayt ishlamaydi]
  4. Statoids. „Statistical information on districts of Turkey“. Qaraldi: 2008-yil 22-noyabr.
  5. Runciman, pp. 54-55
  6. Battutah, Ibn. The Travels of Ibn Battutah. London: Picador, 2002 — 117-bet. ISBN 9780330418799. 
  7. „ŞÂBÂN-ı VELÎ - TDV İslâm Ansiklopedisi“ (tr). islamansiklopedisi.org.tr. Qaraldi: 2020-yil 11-sentyabr.
  8. „Laluask: Şaban-ı Veli“. 2020-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  9. Prothero, G.W.. Anatolia. London: H.M. Stationery Office, 1920 — 106-bet. 
  10. „1965 genel nüfus sayımı verileri“ (turkchaerişimtarihi=2012-yil 3-noyabr). Türkiye İstatistik Kurumu. 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  11. „1970 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  12. „1975 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  13. „1980 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 2021-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  14. „1985 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 2021-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  15. „1990 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  16. „2000 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  17. „2007 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  18. „2008 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  19. „2009 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  20. „2010 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  21. „2011 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  22. „2012 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  23. „2013 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 2021-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  24. „2014 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 2021-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  25. „Resmi İstatistikler: İllerimize Ait Mevism Normalleri (1991–2020)“ (tr). Turkish State Meteorological Service. Qaraldi: 24-aprel 2021-yil.