Katalpa
Appearance
Katalpa (Catalpa) — bignoniyadoshlar oilasiga mansub manzarali oʻsimliklar turkumi. Bargi oddiy, uzun, yirik. Guli oq, qoʻngʻiroqsimon, toʻpguli shingil yoki roʻvaksimon. Mevasiuzun (20—40 sm), koʻp urugʻli. 2 pallali, dukkaksimon. Urugʻi yassi, uchi kokilli. 14 turi bor. Urugʻi, qalamchasi va ildiz bachkisidan koʻpaytiriladi. Yogʻochi yengil, yumshoq, chirishga chidamli.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |