Kontent qismiga oʻtish

Katie

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Katie Kim
Tavalludi Kim Seo-hyeon
10-dekabr 1993
Janrlar K-pop
Faoliyat yillari 2014-hozirgacha
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Veb-sayt http://axis-katie.com

Kim Seo-hyeon (1993-yil 10-dekabrda tugʻilgan), KATIE nomi bilan tanilgan, Janubiy Koreyada tugʻilgan amerikalik qoʻshiqchi, „K-pop Star 4“ tanlovida birinchi oʻrinni egallagan. Uning „Where You Need To Be“ ijrosi „K-pop Star“ tarixidagi eng qisqa vaqt ichida Janubiy Koreyaning yetakchi video almashish sayti „Naver TV Cast“ orqali 4 million tomoshaga yetgan. Shouda gʻalaba qozonganidan soʻng, u „YG Entertainment“ kompaniyasi bilan shartnoma tuzishga qaror qilgan

2018-yil may oyida Katie YG kompaniyasining sobiq kreativ direktori SINXITY tomonidan asos solingan „AXIS“ yangi kompaniyasiga qoʻshildi. „YG Entertainment“ leyblining oʻzgarishi bilan oʻzining debyut albomini yaratgan. Uning „Log“ nomli mini-albomi 2019-yil 22-mayda chiqdi.

Kim Seo-hyeon 1993-yil 10-dekabrda Bucheon shahrida tugʻilgan. U 10 yoshida Nyu-Jersiga koʻchib kelgan[1][2]. Onasi uning bolaligida mumtoz musiqa chalardi va Kim oʻrta maktab yillaridayoq qoʻshiqchi boʻlishni xohlayotganini anglab yetgan[3]. U Berkli musiqa kollejida jazz yoʻnalishida tahsil olgan, biroq oilasiga ogʻir boʻlgan moliyaviy qiyinchiliklar tufayli oʻqishni tashlashga majbur boʻlgan[4].

U 2019-yil aprel oyida Los Angelesga koʻchib oʻtgan[5]. „Remember“ treki 17-aprelda qayta chiqarilgan[6]. U oʻzining ikkinchi singli „Thinkin Bout You“ni 21-mayda[7] chiqardi, bir kundan keyin esa „Log“ albomi chiqqan[4]. Keti 25-may kuni „Seoul jazz“ festivalida ishtirok etgan[5].

Kimning asosiy taʼsiriga jazz, soul, fank va R&B musiqachilari kiradi: Aaliyah, Frank Sinatra, Lalah Hathaway, Nao, D’Anjelo, Erykah Badu, HER, Ella Fitzgerald, Chet Baker va Frenk Okean. Talabalik paytlarida ushbu qoʻshiqchilarni tez-tez tinglagan.[5]

  1. Russell. „Don't Call KATIE A K-Pop Star“. Nylon (8-avgust 2018-yil). Qaraldi: 24-may 2019-yil.
  2. Yang. „From YG“. YG Life (25-may 2018-yil). 22-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-may 2019-yil.
  3. McMullen. „A Conversation with KATIE: The rising Korean-American singer dishes on her music as well as her perspective“. The 405 (21-iyul 2019-yil). 2019-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyul 2019-yil.
  4. 4,0 4,1 Singh. „Katie Kim on Dropping the K-Pop Label and Finding Herself on Debut Album 'Log' (Interview)“. Popcrush. Townsquare Media (22-may 2019-yil). Qaraldi: 24-may 2019-yil.
  5. 5,0 5,1 5,2 Kelley. „KATIE Branches Out Of The Korean Music Industry With Her Debut EP 'Log'“. Forbes (22-may 2019-yil). Qaraldi: 24-may 2019-yil.
  6. „케이티, 빌보드 1위 Ty Dolla 컬래버…17일 '리멤버' 피처링ver. 발매 [공식입장“] (ko). Naver (8-aprel 2019-yil). Qaraldi: 24-may 2019-yil.
  7. Herman. „Katie Releases 'Log' Album Fronted by Lush 'Thinkin Bout You': Watch the Music Video“. Billboard (22-may 2019-yil). Qaraldi: 24-may 2019-yil.