Kontent qismiga oʻtish

Katie Bowen

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Katie Bowen
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kate Elizabeth Bowen[1]
Tavallud sanasi 15-aprel 1994-yil (1994-04-15) (30 yosh)
Tavallud joyi Oklend, Yangi Zelandiya[2]
Boʻyi 1.72 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
North Carolina Courage
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Glenfield Rovers
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2017 FC Kanzas City 34 (2)
2018—2020 Utah Royals 42 (0)
2021 Kanzas City 13 (0)
2022 North Carolina Courage
Milliy terma jamoa
2008—2010 Yangi Zelandiya U17
2012—2014 Yangi Zelandiya U20
2011 Yangi Zelandiya 80[3] (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020-yil 17-oktyabr uchun)

Katie Elizabeth Bowen (1994-yil 15-aprelda tugʻilgan) — yangi zelandiyalik professional futbolchi, „Amerika Milliy Ayollar Futbol Ligasi“ning (NWSL) „North Carolina Courage“da oʻynaydi.[4] U Yangi Zelandiya terma jamoasi aʼzosi[5].

Shimoliy Carolina universiteti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bowen 2012—2015-yilgacha Shimoliy Carolina universitetida oʻqigan, u universitet futbol jamoasining 2012-yilda „Milliy chempionat“da gʻolib chiqqan jamoaning bir qismi edi[6].

Jamoalardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bowen „Kanzas City“ tomonidan „2016 NWSL kolleji“ loyihasida 16-oʻyinchi raqam bilan tanlangan[7]. Bowen 2016-yilda 13 ta oʻyinda maydonga tushgan. Bowen 2017-yilda klub uchun 22 oʻyinda maydonga tushdi va ikkita gol urdi[8].

„Kanzas City“da 2017-yilgi mavsumdan soʻng, faoliyatini toʻxtatgan Bowen 2018-yil 8-fevralda rasman „Utah Royals“ klubi roʻyxatiga kiritildi[9]. U 2018-yilda Utah uchun 19 ta oʻyinda maydonga tushdi, „Utah Royals“ Ligada 5-oʻrinni egalladi va pley-off bosqichiga chiqa olmadi.

Bowen 2019-yilgi NWSL mavsumi uchun Utah shtatiga qaytdi. U 2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatidagi ishtiroki tufayli bir nechta oʻyinlarni oʻtkazib yuborardi.

"Kanzas City" 2021-yil dekabr oyida Bowen bilan bir yillik shartnoma tuzdi[4].

North Carolina Courage

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U „North Carolina Courage“ klubi bilan 2022-yil 21-yanvarda, 2023-yilgi mavsum uchun yangilash imkoniyati bilan bir yillik shartnoma imzoladi[10].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oklendda tugʻilgan Bowen, 2008-yilda oʻzining 14 yoshga toʻlgan tugʻilgan kunida „Yangi Zelandiya U17“ bilan „Avstraliya U17“ oʻyinida maydonga tushib, Yangi Zelandiyani tan olingan xalqaro miqyosda himoya qilgan eng yosh futbolchiga aylandi[11]. Oʻsha yili u 2008-yilgi FIFA U17 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻl oldi va u Kolumbiya ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda maydonga tushdi[12]. U yana 2010-yilda Yangi Zelandiyani himoya qildi, bu safar Trinidad va Tobagoda boʻlib oʻtgan, 2008-yilgi „FIFA U17“ ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida sardor sifatida qatnashdi[13].

Bowen 2011-yilning 12-mayida Avstraliyaga 0:3 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda zaxira oʻyinchisi sifatida katta terma jamoadagi debyutini oʻtkazdi[14].

U 2011-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Yangi Zelandiya terma jamoasining uchta oʻyinidan ikkitasida va 2015-yilda Kanadada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashgan[15]. 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlarida soʻng, Bowen 2016-yilda Rioda boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlari uchun 18 oʻyinchi roʻyxatiga kiritildi va u Yangi Zelandiya terma jamoasi uchun barcha oʻyinda qatnashdi[16].

2019-yilda Bowen uchinchi jahon chempionatida ishtirok etdi. U Yangi Zelandiyaning Fransiyadagi Jahon chempionatida guruh bosqichidagi uchta oʻyinining har bir daqiqasini oʻynadi, ular uchta oʻyinda ham magʻlub boʻlishdi va pley-offga chiqa olishmadi[17].

Xalqaro faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
N. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2018-yil 28-noyabr Stade de Xnassé, Lifou, Yangi Kaledoniya Yangi Kaledoniya 4 — 0 8-0 2018-yilgi Ayollar oʻrtasida Millatlar Kubogi

Shimoliy Carolina universiteti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • NCAA ayollar futbol chempionati: 2012-yil
  • Ayollar oʻrtasida Millatlar Kubogi: 2018-yil
  1. „List of Players – 2015 FIFA Women's World Cup“. Fédération Internationale de Football Association. 2016-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-iyun.
  2. Profile (Wayback Machine saytida 21 June 2015 sanasida arxivlangan) at NZF
  3. „Profile“. FIFA.com. 2011-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-iyun.
  4. 4,0 4,1 „Kansas City Current Announces Roster Changes - Kansas City Current“. www.kansascitycurrent.com (2021-yil 21-dekabr).
  5. „Caps 'n' Goals, New Zealand Women's national representatives“. The Ultimate New Zealand Soccer Website. Qaraldi: 2011-yil 12-may.
  6. „Q&A with former UNC women's soccer player Katie Bowen“ (2016-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 3-iyul.
  7. „2016 NWSL Draft: Results, Reaction And More“ (2016-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 3-iyul.
  8. „Katie Bowen Player Stats“ (2018-yil 30-iyun). Qaraldi: 2018-yil 3-iyul.
  9. „Utah Royals FC welcome New Zealand International Katie Bowen, GK Nicole Barnhart & NWSL standouts Rebecca Moros and Alex Arlitt“ (2018-yil 12-fevral).
  10. Communications. „North Carolina Courage Sign New Zealand International Katie Bowen“ (en-us). North Carolina Courage (2022-yil 21-yanvar). 2022-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-fevral.
  11. „Katie Proud To Be The Youngest Young Fern of All“. Sporting Pulse. 2011-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-may.
  12. „FIFA.com“ (2009-yil 25-noyabr). 2009-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-yanvar.
  13. „FIFA U-17 Women's World Cup: New Zealand - Squad List - FIFA.com“ (2012-yil 2-noyabr). 2012-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  14. „Football Ferns drop first Aussie test“. NZ Football (2011-yil 13-may). 2013-yil 20-aprelda asl nusxadan [tt_news=1049&tx_ttnews[backPid]=10&cHash=756a673aac arxivlangan].
  15. „FIFA player's stats“. FIFA. 2012-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-iyun.
  16. „UNC Grad Katie Bowen Representing New Zealand at Rio Olympics“ (2016-yil 17-iyul). Qaraldi: 2019-yil 5-avgust.
  17. „Katie Bowen Returns From World Cup“ (2019-yil 11-iyul). 2019-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-avgust.