Kontent qismiga oʻtish

Katta Jamiya masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Lohurdagi Katta Jamiya masjidi (urdu: گرینڈ جامع مسجد) – Pokistonning Lohur shahrida joylashgan masjid. 70 000 namozxonni sigʻdira oladigan bu masjid Pokistondagi uchinchi va dunyodagi oʻn toʻrtinchi yirik masjiddir[1].

Masjidning bosh dizayneri Nayyar Ali Dada. Masjid 2014-yil 6-oktyabrda Qurbon hayitida ochilgan. Binoning ichiga 25 000 namozxon sigʻadi. Asosiy namozxonalar tomon olib boruvchi yoʻlak va hovli bilan esa jami 70 000 kishi sigʻadi[2]. Arxitekturasi Badshahi masjidi, Vazir Xon masjidi va Shayx Zayd masjidlari arxitekturasiga oʻxshash boʻlib, qurilish xarajatlari 4 milliard rupiy (yoki taxminan 39 million dollar) ni tashkil qiladi[3][4].

Inshoot har biri 165 fut balandlikdagi toʻrtta minora va 20 ta kichik gumbazdan iborat. Tashqi koʻrinishi 4 millionta qoʻlda ishlangan Moʻlton plitkalari bilan qoplangan. Ichki tarafi Turkiyadan keltirilgan buyurtma asosida tayyorlangan gilamlar va Erondan keltirilgan 50 dan ortiq qandillar bilan bezatilgan. Qavatlardan biri nodir Qur’on kolleksiyalarini namoyish etuvchi Islom merosi muzeyi, islom kutubxonasi va turli antiqa buyumlarga ega islomiy sanʼat galereyasidan iborat[5][6].

  1. „World's seven largest Mosques“. Qaraldi: 2015-yil 17-dekabr.
  2. „Grand Jamia Masjid, Lahore“. Bahira Town. Qaraldi: 2015-yil 17-dekabr.
  3. „New Lahore mosque will have largest indoor capacity“. The Express Tribune (2013-yil 15-fevral). Qaraldi: 2015-yil 17-dekabr.
  4. „Bahria Town mosques open“. The Nation (2012-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 17-dekabr.
  5. „Unparalleled achievement: Zardari inaugurates Pakistan's largest mosque“. The Express Tribune (2014-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 17-dekabr.
  6. „Beautiful Mosque Pictures“. www.beautifulmosque.com. 2021-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-oktyabr.