Kontent qismiga oʻtish

Katta Oybugʻirqalʼa

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Katta Oybugʻirqal’a – SHumanaydan 41 km shimoli-gʻarbda joylashgan. Mahalliy aholi oʻrtasida Jampikqal’a nomi bilan maʼlum. Yodgorlik birinchi marta Xorazm arxeologiya – etnografiya ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan 1946 yilda topilib, uning umumiy koʻrinishi rasmga tushirilgan, rejasi chizilgan, lekin arxeologik qazish ishlari olib borilmagan. 1956 yilda yodgorlik yangidan koʻzdan kechirildi, olingan arxeologik materiallarga qarab uni yoshi mil. avv.. IV, er-ng I asri bilan belgilandi. Yodgorlikning yuqori madaniy qatlami X-XIII asrlarga oid degan xulosaga kelindi. 1964-66 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston filialining Ustyurt guruxi yodgorlikda tekshirish ishlarini olib bordi. Yodgorlik toʻgʻri boʻrchakka yaqin shaklda qurilgan boʻlib, sharqdan gʻarbga qarab choʻzilgan. Qal’aning umumiy maydoni 10 ga. Yodgorlik qadimda mudofaa devor bilan oʻrab olinib, devor yodgorlikning 3 tomonida saqlanib qolgan. SHarqiy devor uzunligi 120 m, shimol qismidagi devor 412 m, gʻarbiy devor esa 260 m. SHarqiy va gʻarbiy devorning pastki qismida paxsa devor mavjud boʻlib uning balandligi 6, 1 m. SHimoliy va gʻarbiy tomondagi devorda aylana shaklda burj joylashgan boʻlib, devorda yon tomonga oʻsib chiqishi 5-6m. Burjlar oʻrtasidagi masofa 48-53m. Yodgorlikning gʻarbiy devor oʻrtasida darvoza joylashgan boʻlib, darvoza oldi murakkab labirint bilan mustaxkamlangan. Yodgorlikdan mudofaa devori tuzilishini oʻrganish 6,5 m maydonda ishlari olib borilgan. Bizgacha saqlangan devor balandligi 1m, tashqi devordan 3,92 m uzoqlikda koʻshimcha devor qurilgan. Uning balandligi 1,2m, kengligi 1m. Devor tosh plitadan va xom gʻishtdan tiklangan. (40x42x9x3sm). Mudofaa devor va koʻshimcha devor oʻrtasida qum tuproqlar bilan toʻldirilgan. Bunday tadqiqot ishlari gʻarbiy, shimol tomondagi devorlarda olib borildi, natijada bir-birini takrorlaydigan devor va koʻshimcha devor oʻrganildi. Yodgorlikning mudofaa devorining pastki qismi paxsadan tiklangan. Yodgorlikda olib borilgan arxeologik qazish ishlari natijasida olingan materiallarga qarab yodgorlikning mudofaa devori III qurilish davridan iborat ekanligi aniqlandi.

I qurilish davrida mudofaa devori paxsadan qurilgan. II bu davrda paxsa devorga xom gʻishtdan koʻshiimcha devor qurilgan, natijada uning balandligi va qalinligi oshib borgan. III qurilish davrida qal’a mudofaa devori paxsa devor bilan koplanadi, yarim aylana burjlar shakllandi (qarangSobirov, 63-64 betlar).

Q.Sobirov. Xorazmning qishloq va shaharlari mudofaa inshootlari. Toshkent, 2009.