Kontent qismiga oʻtish

Kaynotip togʻ jinslari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kaynotip togʻ jinslari (yun. kainos — yangi va typos — shakl, tur) -yoshidan qatʼi nazar ikkilamchi jarayonlar taʼsirida oʻzgarishga uchramagan yoki juda kam uchragan effuziv va intruziv magmatik togʻ jinslari. Islandiyaning uchlamchi davrga mansub ancha yosh bazaltlari va doleritlari (16 mln. yildan kam) koʻp hollarda xloritlashgan va kad., paleotip koʻrinishiga ega. 19-asrning 2-yarmigacha geologiyada dastlabki shaklida saqlangan jins, albatta yosh, oʻzgargani esa qad. degan fikr mavjud boʻlgan. Lekin, keyinroq, yosh jins ham tektonik (kataklaz, milonitizatsiya) va gidrotermal taʼsir natijasida dastlabki shaklini yuqotishi mumkinligi aniqlangan (norvegiyalik petrograf V. K. Breger, rossiyalik petrograf F.Yu.Levinson-Lessing). K.t.j. terminini zamonaviy izoxlashda uning yoshi hisobga olinmaydi. K.t.j. kuchli oʻzgarishga uchragan va shuning uchun "qadimgi"ga oʻxshab koʻringan paleotip togʻ jinslarita qarama-qarshi qoʻyiladi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil