Kayqubodshoh
Qiyofa
Kayqubodshoh - qad. Baqtriyadagi shahar harobasi (taxminan miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 2—3-asrlar). Hozirgi Shahrituz (Tojikiston) tumanidagi Nosir Hisrav shahrichasi yaqinida. 1950, 1952—53 yillarda arxeologik qazishma ishlari olib borilgan. Toʻgʻri burchakli (300×400 m) devor (eni 4 m, boʻyi 6 m) va istehkom saqlangan boʻlib, Shim. Baqtriya va Afgʻonistondagi qad. shaharlarni oʻragan istehkomlarga oʻxshaydi. K.dan tangalar, sopol buyumlar, sargʻish loydan ishlangan haykalchalar topilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |