Kontent qismiga oʻtish

Arab bahori

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Kebangkitan dunia Arabdan yoʻnaltirildi)
Arab bahori
Joy Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq
Sana 18-dekabr, 1945 1970-yil dekabrgacha
Maqsad Tuzum oʻzgarishi, inson huquqlari, demokratiya[1]
Belgilari Namoyishlar, tartibsizliklar, fuqarolar itoatsizligi, oʻzini yoqish, ish tashlashlar
Oʻlim(lar) 500 dan ziyod
Jarohat(lar) 4,000 dan ziyod
Hibs(lar) 1,000 dan ziyod
  Hukumat toʻntarildi
  Fuqarolar urushi
  Hukumat baʼzi aʼzolari almashtirildi
  Davomiy tartibsizlik (Bahrayn)
  Yirik eʼtirozlar
  Kichik eʼtirozlar
  Arab dunyosidan tashqaridagi aloqador eʼtirozlar

Arab bahori (arabcha: الثورات العربية, al-Thawrāt al-ʻArabiyyah) 2010-yil oxirida arab dunyosida boshlangan qator norozilik namoyishlariga[2][3] berilgan nomdir. Ular Tunis, Misr, Yaman, Jazoir, Iordaniya, Mavritaniya, Saudiya Arabistoni, Ummon, Sudan, Siriya, Liviya hamda Marokash kabi mamlakatlarni qamrab oldi[4][5][6][7][8][9][10]. Eʼtirozlar inqilob deya baholanmoqda[11][12][13][14][15][16][17][18].

Eʼtirozlar 2010-yil 18-dekabrida Tunisda, Muhammad Buazizining politsiya poraxoʻrligi va qattiqqoʻlligiga achchiq qilib oʻzini yoqib yuborishidan boshlanib ketdi[19][20][21]. Tunis toʻntarilishi muvaffaqiyati va mintaqadagi oʻxshash vaziyatlar tufayli, namoyishlar toʻlqini qoʻshni mamlakatlarga oʻtdi, jumladan eʼtirozlar Jazoir, Iordaniya, Misr va Yamanda davom etdi,[22][23] nisbatan kichik miqyosda boshqa arab mamlakatlari ham voqealar silsilasiga tushdi. Koʻpgina vaziyatlarda eʼtirozli kunlar "jahl kunlari", deb ataldi[24].

Eʼtirozlar natijasida birinchi boʻlib oʻzgargan hukumat Tunisniki boʻldi: sobiq Prezident Zayn al-Abidin ibn Ali Saudiya Arabistoniga qochdi. Keyingi katta eʼtirozlar Misrda 2011-yil 25-yanvarida boshlandi. Toʻrt kunlik namoyishlardan soʻng Prezident Husni Muborak islohotlar oʻtkazishga vaʼda berdi, biroq lavozimidan kechish niyatini bildirmadi. Bundan keyin davom etgan namoyishlardan soʻng Muborak 30 yillik mansabini boshqa egallamasligini, sentabrda boʻlib oʻtadigan saylovlardan soʻng isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. Bu paytda Iordaniya qiroli Abdulla II bosh vazirni almashtirdi,[25] Yaman Prezident Ali Abdulloh Solih esa keyingi saylovlarda nomzodini qoʻymaslikka vaʼda berdi[26].

Eʼtirozlar butun jahon eʼtiborini oʻziga qaratdi[27]. Namoyishchilarni 2011-yilgi tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlash takliflari oʻrtaga tashlandi[28].

Bugungi natijalar

Qachon boshlandi Mamlakat Qachon tugadi Eʼtiroz tur(lar)i Natija Oʻlim(lar)
18-dekabr, 2010 Tunis Oʻzini yoqish
Namoyishlar
Hukumat toʻntarildi
Prezident va oilasi mamlakatdan ketdi (14-yanvar, 2011)
219[29]
28-dekabr, 2010 Jazoir Namoyishlar Prezident favqulodda vaziyatni bekor qildi (3-fevral, 2011)[30] 5
13-yanvar, 2011 Liviya 16-yanvar, 2011 Turar-joy muammosi va korrupsiyaga qarshi namoyishlar Hukumat fuqarolarni turar-joy bilan taʼminlashga vaʼda berdi[31] 0
14-yanvar, 2011 Iordaniya Kichik eʼtirozlar Vazirlar Mahkamasi shaxsiy tarkibi almashtirildi (1-fevral, 2011) 0
17-yanvar, 2011 Mavritaniya 17-yanvar, 2011 Oʻzini yoqish 1
17-yanvar, 2011 Sudan Kichik eʼtirozlar 1
17-yanvar, 2011 Ummon 17-yanvar, 2011 Kichik eʼtirozlar 0
18-yanvar, 2011 Yaman Hukumat aʼzolari Prezidentga qarshi[32]
Katta namoyishlar[33][34]
Prezident keyingi saylovlarda nomzodini qoʻymaslikka vaʼda berdi (2-fevral, 2011)[35] 0
21-yanvar, 2011 Saudiya Arabistoni 29-yanvar, 2011 Oʻzini yoqish[36]
Namoyishlar[37]
4
25-yanvar, 2011 Misr Butun mamlakat miqyosidagi namoyishlar Vazirlar Mahkamasi shaxsiy tarkibi almashtirildi (29-yanvar, 2011)
Prezident mansabdan ketdi
300 gacha
26-yanvar, 2011 Suriya Oʻzini yoqish 1
30-yanvar, 2011 Marokash Oʻzini yoqish 0
1-fevral, 2011 Jibuti 1-fevral, 2011 Kichik namoyishlar 0
Jami oʻlimlar soni: 607
  1. Korotayev A., Zinkina J. Egyptian Revolution: A Demographic Structural Analysis. Middle East Studies Online Journal. Vol.2. N5. 2011. P.57-95.
  2. „Will the Arab revolutions spread? | The Middle East Channel“. Mideast.foreignpolicy.com. 2011-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-fevral.
  3. „The Arab World's 'Unprecedented' Protests - Council on Foreign Relations“. Cfr.org (2011-yil 20-yanvar). 2011-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-yanvar. (Wayback Machine saytida 2011-01-31 sanasida arxivlangan)
  4. Thousands in Yemen Protest Against the Government
  5. Posted by multiple 26-yanvar 2011-yil. „Protest spreads in the Middle East - The Big Picture“. Boston.com. Qaraldi: 2011-yil 1-fevral.
  6. „Mauritanie: mécontent du régime, un homme s'immole par le feu à Nouakchott - Flash actualité - Monde - 17/01/2011“. leParisien.fr (2011-yil 17-yanvar). 2011-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-yanvar.
  7. „BBC News - Man dies after setting himself on fire in Saudi Arabia“. Bbc.co.uk (2011-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2011-yil 29-yanvar.
  8. „PressTV - Sudan opposition leader arrested“. Presstv.ir (2011-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2011-yil 29-yanvar.
  9. Matthew Cassel. „Lebanon convulses on 'Day of Rage' - Features“. Al Jazeera English (2011-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2011-yil 1-fevral.
  10. „afrol News - Morocco King on holiday as people consider revolt“. Afrol.com. Qaraldi: 2011-yil 1-fevral.
  11. „Arab media revolution spreading change - CNN“. Articles.cnn.com. 2011-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-fevral.
  12. „The Arab Revolution - Nile Protests Create Uncertain Future For Egypt :: Uncensored News For Real People“. Free Internet Press. 2014-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-fevral. (Wayback Machine saytida 2014-04-08 sanasida arxivlangan)
  13. {{Veb manbasi}} andozasining barcha parametrlari oʻz nomiga ega boʻlishi zarur. 29-yanvar 2011-yil . „ARAB WORLD: How Tunisia's revolution transforms politics of Egypt and region | Babylon & Beyond | Los Angeles Times“. Latimesblogs.latimes.com. Qaraldi: 2011-yil 1-fevral.
  14. „The Arab democratic revolution | Malay Mail Online“. Mmail.com.my. 2011-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-fevral. (Wayback Machine saytida 2011-02-03 sanasida arxivlangan)
  15. „'We are witnessing today an Arab people's revolution' - CNN“. Articles.cnn.com (2011-yil 28-yanvar). 2011-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-fevral. (Wayback Machine saytida 2011-02-01 sanasida arxivlangan)
  16. Posted: Friday, 28-Jan 2011-yil at 2256 hrs IST. „Revolution in fast forward“. Financialexpress.com (2011-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2011-yil 1-fevral.
  17. Michael Haley. „Revolution means terrorism's days are numbered in Middle East“. Napavalleyregister.com (2011-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2011-yil 1-fevral.
  18. Canada.. „Arabs use social media to fuel revolution“. The Globe and Mail. Qaraldi: 2011-yil 1-fevral.[sayt ishlamaydi]
  19. „Slap to a Man’s Pride Set Off Tumult in Tunisia“. Nytimes.com (2011-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2011-yil 1-fevral.
  20. Noueihed, Lin „Peddler's martyrdom launched Tunisia's revolution“. Uk.reuters.com. 2011-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-fevral. (Wayback Machine saytida 2011-02-09 sanasida arxivlangan)
  21. Al, Nidal „Palestinian protests show splits over leaked papers“. Reuters. 2011-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-fevral. ( at Archive-It saytida 2011-02-09 sanasida arxivlangan)
  22. „UPDATE 1-Egypt, Algeria, Jordan risk political unrest -S&P“. Reuters. Qaraldi: 2011-yil 1-fevral.
  23. Post Store. „Inspired by Tunisia and Egypt, Yemenis join in anti-government protests“. Washingtonpost.com (2011-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2011-yil 1-fevral.
  24. „Yemenis square off in rival ʻDay of Rage’ protests“. Arabnews.com (2011-yil 3-fevral). 2011-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-fevral.
  25. „Jordan king appoints new PM, government quits“. Reuters. 2011-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-fevral. (Wayback Machine saytida 2011-02-04 sanasida arxivlangan)
  26. Sudam, Mohamed „Yemen president says won't extend presidential term“. Reuters. 2011-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-fevral. (Wayback Machine saytida 2011-02-05 sanasida arxivlangan)
  27. AFP 27-yanvar 2011-yil. „Unrest across the Arab world“. Vancouversun.com (1986-yil 28-yanvar). 2011-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-yanvar. (Wayback Machine saytida 2011-01-31 sanasida arxivlangan)
  28. http://www.news24.com/World/News/Arab-protests-attract-Nobel-interest-20110131
  29. Tunisia protests against Ben Ali left 200 dead, says UN, BBC, 1-fevral 2011-yil.
  30. „Algeria to lift emergency powers'“. Al-Jazeera (2011-yil 3-fevral). Qaraldi: 2011-yil 3-fevral.
  31. „Libya sets up $24 bln housing fund amid Arab protests“ (2011-yil 28-yanvar).
  32. Yemeni tribal leader: for Saleh, Saudi involvement in Sa'ada comes not a moment too soon, 2011-01-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2011-01-30
  33. "Yemenis in anti-president protest"
  34. "Thousands in Yemen Protest Against the Government"
  35. „Yemen President Ali Abdullah Saleh 'to quit in 2013'“. BBC News (2011-yil 2-fevral). Qaraldi: 2011-yil 2-fevral.
  36. "Man dies after setting himself on fire in Saudi Arabia"
  37. "Flood sparks rare action", 2011-02-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2011-02-07