Kecha-kunduzlik ritmlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kecha-kunduzlik ritmlar -biologik jarayonlar va hodisalar intensivligi va harakteridagi oʻzgarishlarning kecha-kunduz davriy takrorlanib turishi. K.-k.r. aksariyat biokimyoviy va fiziologik jarayonlar (hujayra boʻlinishining chastotasi, tana haroratining oʻzgarib turishi, moddalar almashinuvi intensivligi va hokazo)ga xos. Hayvonlarning sutkalik ritmik faolligi, oʻsimliklar barglari va gultoji barglarining holati K.k.r.ga bogʻliq, Odamlarda 100 ga yaqin fiziologik funksiyalarning K.-k.r.ga ega ekanligi aniqlangan. K.-k.r. koʻp hujayrali organizmlarning ayrim hujayralarida ham mavjud. Hayvonlar miyasida organlar va hujayralarning K.-k.r.ini bir-biri hamda tashqi muhit oʻzgarishlari bilan muvofiqlashtiruvchi markazlar aniqlangan. Tabiatda K.-k.r. endogen ritmdan va muhitning kechakunduz oʻzgarishlariga koʻrsatadigan reaksiyalaridan iborat. Muhitning tabiiy ritmi buzilganda organizm turli fiziologik funksiyalari K.-k.r.ining mutanosibligi yuqoladi. Bunday hol hayvon va usimliklarni sunʼiy sharoitda koʻpaytirilganda, biror poyasdan boshqasiga uchib oʻtilganda, shuningdek, odamni tabiiy ravishda oʻzgaruvchi muhitdan ajratib qoʻyilganda (mas, kosmik parvozda) kuzatiladi. Bu holat organizmda patologik uzgarishlarning kelib chiqishiga ham sabab boʻlishi mumkin.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |