Kontent qismiga oʻtish

Kechkemet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kechkemet — Vengriyaning markaziy qismidagi shahar. Bach-Kishkun medyesining maʼmuriy markazi. Dunay va Tisa daryolari oraligʻida. Aholisi 105 ming kishi (1997). Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik (jumladan, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, radiotexnika, stanoksozlik), poyabzal, yogʻochsozlik, oziqovqat (vinochilik, meva va sabzavot konservalash, spirt-araq, un tortish) sanoati korxonalari mavjud; qurilish materiallari ishlab chiqari-ladi. Q. x. ilmiy tadqiqot instituti bor. Anʼanaviy qishloq xoʻjaligi yarmarkalari oʻtkaziladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil