Kees Luijckx

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kees Lyoks (niderlandcha: Kees Luijckx) 1986-yil 11-fevralda Niderlandiyada tugʻilgan. Gollandiyalik futbolchi Daniyaning „Silkeborg“ klubida himoyachi sifatida oʻynaydi. 2008-yil Pekindagi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi.

Kees Luijckx Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Kees Luijckx
Tugʻilgan

11-fevral 1986-yil(1986-02-11)[1]

(36 yosh)
Beverveyk, Niderlandiya

Fuqaroligi

Flag Niderlandov Niderlandi

Boʻyi

190 cm

Vazni

87 kg

Pozitsiyasi

himoyachi

Hozirgi jamoasi
Klub

Flag Danii Silkeborg

Raqami

5

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lyoks Gollandiya yoshlar terma jamoasi bilan mashgʻulotda

Lyoks „AZ“ klubining bitiruvchisi hisoblanadi. 2006-yilda oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun u „Excelsior“ga ikki mavsumga ijaraga berildi. 2007-yil 3-noyabrda „Sparta Rotterdam“ga qarshi oʻyinda Kes „Excelsior“ safida ilk golini urdi[2]. 2008-yilning yozida Lyoks „AZ“ga qaytdi. 28-noyabr kuni „Groningen“ga qarshi oʻyinda u oʻzining „Alkmaar“ klubi safida debyut qildi[3]. Oʻsha mavsumda Kes Erediviziyada gʻolib chiqdi. 2010-yilda u yana ijaraga berildi va „ADO Den Xaag“ uning yangi klubiga aylandi. 23-yanvar kuni „Sparta“ga qarshi duelda Lyoks yangi jamoa safida debyut qildi[4]. 26-fevral kuni „Rhoda“ga qarshi oʻyinda u „ADO“ uchun birinchi golini urdi[5].

Oʻsha yilning yozida Kes „NAC Breda“ga oʻtib, uch yillik shartnoma imzoladi. 8-avgust kuni oʻzining tugʻilgan „AZ“ jamoasiga qarshi duelda u yangi jamoada debyut qildi[6]. „NAC“ uchun Lyoks uch mavsum oʻynadi va jamoaning etakchilaridan biri edi. Shartnoma muddati tugagach, u klubni tark etdi va „Roda“ bilan shartnoma imzoladi. 2-avgust kuni „Ayaks“ga qarshi oʻyinda Kes yangi jamoada debyut qildi[7]. 24-avgust kuni oʻzining sobiq jamoasi „ADO Den Xaag“ga qarshi duelda u „Roda“ safida ilk golini urdi[8].

2014-yilning yozida Lyoks Gretsiyaning „Niki Volos“ klubiga oʻtdi. 23-avgust kuni Gretsiya Superligasida „Olimpiakos“ ga qarshi oʻyinda debyut qildi[9]. 2015-yil boshida Kes Vengriya Videotoniga koʻchib oʻtdi. 16-may kuni „Xonved“ga qarshi duelda u Vengriya chempionatida debyut qildi[10]. Oʻsha yili Lyoks Vengriya chempionligini qoʻlga kiritdi.

Oʻsha yilning yozida u Daniyaning „Sonderjysk“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. 25-sentyabr kuni „Odense“ga qarshi oʻyinda Kes Daniya Superligasida debyut qildi. 6-dekabr kuni „Esbjerg“ga qarshi kechgan duelda Lyoks „Sonderjysk“ uchun birinchi golini urdi[11].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilda Gollandiya olimpiya terma jamoasi tarkibida Lyoks Pekin Olimpiadasida ishtirok etgan.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil 6-iyun holatida[12][13]
Jamoa Mavsum Liga Kubok Kontinental Boshqa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
AZ 2006-07 Eredivisie 2 0 2 0
Jami 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
Excelsior 2006-07 Eredivisie 12 0 0 0 4 0 16 0
2007-08 32 3 2 1 34 4
Jami 44 3 2 1 0 0 4 0 50 4
AZ 2008-09 Eredivisie 15 0 2 0 17 0
2009-10 3 0 1 0 4 0
Jami 18 0 2 0 1 0 0 0 21 0
ADO Den Haag 2009-10 Eredivisie 16 2 16 2
Jami 16 2 0 0 0 0 0 0 16 2
NAC Breda 2010-11 Eredivisie 29 3 4 1 33 4
2011-12 29 3 0 0 29 3
2012-13 34 4 3 0 37 4
Jami 92 10 7 1 0 0 0 0 99 11
Roda JC 2013-14 Eredivisie 28 2 3 0 31 2
Jami 28 2 3 0 0 0 0 0 31 2
Niki Volos 2014-15 Gretsiya Superligasi 10 0 0 0 10 0
Jami 10 0 0 0 0 0 0 0 10 0
Videoton 2014-15 I Mamlakat chempionati 2 0 1 0 10 0
2015-16 5 0 0 0 5 0 10 0
Jami 7 0 1 0 5 0 0 0 20 0
SønderjyskE 2015-16 Daniya Superligasi 20 1 3 1 23 2
2016-17 16 2 1 0 1 0 8 0 26 2
2017-18 24 6 1 1 9 1 34 8
Jami 60 9 5 2 1 0 17 1 83 12
Umumiy faoliyatida 277 26 20 4 7 0 21 1 325 31

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Kees Luijckx // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. „Эксельсиор VS. Спарта Роттердам 4:3“ (ru). soccerway.com (2007-yil 3-noyabr). 2014-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-dekabr.
  3. „Гронинген VS. АЗ 0:2“ (ru). soccerway.com (2008-yil 28-noyabr). 2014-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-dekabr.
  4. „Спарта Роттердам VS. АДО Ден Хааг 0:0“ (ru). soccerway.com (2010-yil 23-yanvar). 2014-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-dekabr.
  5. „АДО Ден Хааг VS. Рода 1:2“ (ru). soccerway.com (2010-yil 26-fevral). 2014-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-dekabr.
  6. „НАК Бреда VS. АЗ 1:1“ (ru). soccerway.com (2010-yil 8-avgust). 2018-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-dekabr.
  7. „Аякс VS. Рода 3:0“ (ru). soccerway.com (2013-yil 2-avgust). 2014-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-dekabr.
  8. „АДО Ден Хааг VS. Рода 0:4“ (ru). soccerway.com (2013-yil 24-avgust). 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-dekabr.
  9. „Олимпиакос VS. Ники Волос 3:1“ (ru). soccerway.com (2014-yil 23-avgust). 2015-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-dekabr.
  10. „Олимпиакос VS. Видеотон 1:1“ (ru). soccerway.com (2015-yil 16-may). 2015-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-iyul.
  11. „Эсбьерг VS. Сённерйюск 0:1“ (ru). soccerway.com (2015-yil 6-dekabr). 2016-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyul.
  12. „Kees Luijckx » Club matches“. worldfootball.net. Qaraldi: 2017-yil 20-may.
  13. „K. Luyckx“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 20-may.