Keldihayot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Keldihayot
ruscha: Келдихаят
Shaharcha
39°05′25″N 66°48′10″E / 39.09028°N 66.80278°E / 39.09028; 66.80278 G OKoordinatalari: 39°05′25″N 66°48′10″E / 39.09028°N 66.80278°E / 39.09028; 66.80278 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Shahrisabz tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Rasmiy til(lar)i oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Keldihayot ruscha: Келдихаят xaritada
Keldihayot ruscha: Келдихаят
Keldihayot
ruscha: Келдихаят

Keldihayot (ruscha: Келдихаят) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan[1].

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keldihayot shaharchasining eski nomi Kerayit boʻlib, xalq ogʻzaki tilida oʻzgarishga uchragan va hozirgi nomini olgan. XX asrning 70-yillaridan qishloqcha Keldihayot nomi ostida manbalarda uchraydi. Buning sababi esa Kitob tumanidagi huddi shu nomdagi (Kerayit) nomli qishloqning mavjudligida.

Lekin oʻzbek tilidagi soʻz yasash qoidalariga koʻra har ikki hudud nomi notoʻgʻri shakllantirilgan (kel+hayit, kel+hayot).

Kerayit soʻzi asli turkiy, moʻgʻul qabilalaridan biri boʻlgan urugʻ hisoblanadi. Qadimiy xalqlarning urugʻ nomi shaharchaga berilgan, yaʼni aholining etnik tarkibi inobatga olingan[2].

Oʻxshash nomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida XX asrning 70-yillariga qadar Kerayit keyinchalik esa Kelhayit nomi bilan atala boshlangan qishloq mavjud.

Tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keldihayot shaharchasida 24-sonli maktab, 3 ta qabriston, metan quyish shaxobchalari va doʻkonlar faoliyat yuritadi. Shaharcha hududida ikkita mahalla mavjud, bular: Ravot va Oqdaryo mahalla fuqarolar yigʻini. Oqdaryo mahallasining bir qismi qoʻshni shaharchaning tarkibiga kiradi. Shaharchaga eng yaqin hududlar janubdan Sayilla va Oqadaryo; shimoldan Xoʻjaxuroson va Shamatan; gʻarbdan Yangibogʻ, Saroy va Kulobod aholi yashash punktlari hisoblanadi. Shaharcha yaqinidagi hududlarning katta qismi hali oʻzlashtirilmagan.

Shaharcha hududida Garovchashma nomli ariq oqib oʻtadi.

Keldihayot shaharchasiga eng yaqin magistral yoʻl M-39 avtomobil yoʻli hisoblanadi.

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keldihayot shaharchasining iqlimi yumshoq va moʻtadil. Qish fasli yumshoq va unchalik sovuq emas, kechalari salqin boʻladi. Yozi odatda juda issiq va hatto tunda ham havo harorati yuqori boʻladi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholisining, asosiy qismini oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqalar millat vakillarini tashkil qiladi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]