Kontent qismiga oʻtish

Kelimane

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kelimane — Mozambikning sharqiy qismidagi shahar. Zambeziya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 153,1 ming kishi (1997). Hind okeanining Mozambik qoʻltigʻi sohilidagi port (chetga shakarqand, paxta, kopra, tamaki, choy chiqariladi). Temir yoʻl stansiyasi. Aeroport bor. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, yogʻochsozlik va metallsozlik korxonalari mavjud. Vasko da Gama ekspeditsiyasi tomonidan 1498 yilda hozirgi K. oʻrnida fort qurilgan (1761 yildan shahar maqomini olgan). 18—19-asrlarda K. qul savdosi markazlaridan biri boʻlgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil