Kontent qismiga oʻtish

Kellie Harrington

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kellie Harrington
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Tavallud paytidagi ismi Kellie Anna Harrington
Fuqaroligi Irlandiya bayrogʻi Irlandiya
Tavallud sanasi 11-dekabr 1989-yil (1989-12-11) (35 yosh)
Sport
Qaysi sport boks

Kellie Anna Harrington (tugʻ. 1989-yil 11-dekabr) — irlandiyalik bokschi, 60 kg gacha, 64 kg gacha va 69 kg dan yuqori vazn toifalarida, Irlandiya milliy terma jamoasi aʼzosi. Jahon chempioni (2018), 2019-yilgi Yevropa oʻyinlari va 2018-yilgi Yevropa chempionati sovrindori. 2020-yiligi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Olimpiya chempioni.

Kellie Harrington 69 kg gacha (2010), 64 kg gacha (2011, 2013, 2014, 2015), 60 kgdan (2017, 2018) yuqori vazn toifalarida mamlakat chempionatining yetti karra gʻolibi.

2016-yilda Nur-Sultonda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida u Xitoylik sportchiga imkoniyatni boy berib, finalgacha yetib borgan va kumush medalni qoʻlga kiritgandi. 2018-yilda Sofiyada (Bolgariya) Yevropa chempionatida, u chempionatning bronza medalini qoʻlga kiritib, sovrindor boʻlishga muvaffaq boʻldi[1].

2018-yilda Hindistonda ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida irlandiyalik sportchi finalda Tailandlik Sisondi Sudaporn bilan uchrashdi va uni 3:2 hisobida magʻlub etdi va Jahon chempionatidagi oʻyinini yakunlab, turnirning oltin medalini qoʻlga kiritdi[2].

2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 60 kg gacha vazn toifasida u finalda braziliyalik bokschi Beatris Ferreyra magʻlub etdi va shu tariqa Olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritdi[3].