Kontent qismiga oʻtish

Kema dvigateli

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kema dvigatelikemaning harakatlanishini (asosiy) yoki uning elektr generatorlari, nasoslari, ventilyatorlari va b.ni ishlatishni (yordamchi) taʼminlaydigan qurilma. Dastlabki K.d. bugʻ mashinasi boʻlgan. Hozir dizel, bugʻ turbinasi va gaz turbinasi K. d. boʻlib xizmat qiladi. Koʻpincha, turli tipdagi kemalarda dizellar (asosii va yordamchi dvigatel) lardan foydalaniladi. Bu esa barcha tipdagi K. d. ichida eng tejamlisi hisoblanadi. Bugʻ turbinalari yirik tankerlar, gaz va konteyner tashigichlar, yadro kuch qurilmali kemalar va b.da, gaz turbinalari harbiy kemalar, suv osti qanotli, havo yostigʻida harakatlanadigan kemalarda asosiy dvigatel sifatida qoʻllanadi. Kema harakatlantirgichini ishlatish uchun asosiy K. d. eshkak vinti bilan bevosita yoki reduktor orqali biriktiriladi. Baʼzi kemalarda K. d. eshkak vintining asosiy generatori va elektr dvigateli bilan elektrik tutashtirilgan. Kichik kemalarda K. d. bir vaqtda eshkak vintini ham, elektr generatorini ham aylantiradi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil