Kendzi Kasaxara
Qiyofa
Kendzi Kasaxara (yap. 笠原 健治, 1975-yilda 6-dekabrda Yaponiyaning Osaka provinsiyasi Minoo shahrida tugʻilgan) — mashhur Mixi ijtimoiy tarmogʻiga asos solgan yapon tadbirkori. Hozirda Kendzi Kasaxara Yaponiyaning eng boy odamlari roʻyxatida 37-oʻrinni egallab turibdi.
Xronologiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]1997-yil: (21-yosh)
- Ish qidirish boʻyicha maʼlumot beruvchi Find Job nomli veb-sayt yaratdi.
1999-yil: (23-yoshda)
- eMercury Inc kompaniyasiga asos soldi.
2004-yil: (28-yoshda)
- Mixi ijtimoiy tarmogʻini ommaga taqdim etdi.
2008-yil: (32-yoshda)
- Kendzi Kasaxara Yaponiyaning 40 ta eng boy insonlari roʻyxatida 37-oʻrinni egalladi. Amerikaning moliyaviy-iqtisodiy jurnali Forbes uning moliyaviy ahvolini 740 million dollar deb baholadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Japan's 40 Richest - Forbes.com“. forbes.com. 2008-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan.