Keniya bayrogʻi
Keniya bayrogʻi (Suaxili: Bendera ya Kenya) gorizontaliga qora, qizil va yashil rangdan iborat, markazi qizil, oq hamda qora Masai qalqoni va ikkita kesishgan oq qirrali nayza bilan bezatilgan koʻrinishga ega. Bayroq Keniya Afrika Milliy Ittifoqi bayrogʻiga asoslangan va mamlakat mustaqillikka erishgandan keyin, 1963-yil 12-dekabrda rasman qabul qilingan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Keniya bayrog‘i qora, qizil va yashil ranglardan iborat bo‘lib, u Keniya mustaqilligi uchun kurashga boshchilik qilgan siyosiy partiya — Keniya Afrika Milliy Ittifoqi (KANU)ning bayrog‘ini aks ettiradi. Mustaqillikka erishgach bayroqqa tinchlik va birlik ramzi boʻlgan oq nayzalar va qalqon qoʻshildi. Keniya bayrog‘ining ranglari ma’nosi 1920-yilda Universal Negro Taraqqiyot Uyushmasi va Afrika Hamjamiyatlari Ligasi tomonidan qabul qilingan Pan-Afrika bayrog‘i ranglari bilan deyarli bir xil[2].
Keniya Konstitutsiyasining 2010-yildagi qayta koʻrib chiqilgan nashri ikkinchi jadvalda, 9-moddaning 6.2-bandida joylashgan Keniya bayrogʻiga xos xususiyatlarni oʻz ichiga oladi[3].
Simvolizm
[tahrir | manbasini tahrirlash]Keniya bayrogʻi birlik, tinchlik va mamlakat mudofaasi ramzlarini oʻzida mujassam etadi. Qora rang Keniya Respublikasi xalqini, qizil rang mustaqillik uchun kurash paytida qon toʻkilganini, yashil rang esa mamlakat landshafti va tabiiy boyliklarini ifodalaydi. Oq gorizontal chiziqlar tinchlik, halollik, poklik va aybsizlikni ramziy ifodalash maqsadida keyinroq qo‘shilgan. Qora, qizil va oq rangli anʼanaviy Masai qalqoni va ikkita oq nayza yuqorida sanab o‘tilgan barcha qadriyatlarni himoya qilinishini anglatadi. Bayroqdagi ranglar va ramziy ma’nolarning aksariyati Janubiy Sudan bayrog‘iniki bilan o‘xshashdir.
Dizayni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bayroq ranglari Keniya milliy arxivi tomonidan belgilangan[4].
Qora | Qizil | Yashil | |
---|---|---|---|
Britaniya standart ranglari | — | Pochta boʻlimi qizili 0-006 |
Parij/Viridian yashili 0-10 |
Hex | #000000
|
#99292D
|
#31905F
|
RGB | 0-0-0
|
153-41-45
|
49-144-95
|
Pantone | Qora C | 484 °C | 7730 S |
Variantlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarixiy prezidentlik standartlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Keniyaning birinchi prezidentlik standarti (1963–1970)
-
Jomo Kenyatta prezidentlik standarti
-
Daniel Arap Moining prezidentlik standarti
-
Mwai Kibaki prezidentlik standarti
-
Uhuru Kenyatta prezidentlik standarti
Mudofaa kuchlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Keniya mudofaa kuchlari bayrogʻi
-
Keniya dengiz kuchlari bayrogʻi
-
Dengiz kuchlarining prezidentlik standarti
-
Keniya havo kuchlari bayrogʻi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Flag of Kenya“ (en). Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 2018-yil 3-sentyabr.
- ↑ „The History of the Red, Black, and Green“. Universal Negro Improvement Association and African Communities League. 2010-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Laws of Kenya“. 2019-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Kenya Flag and Kenya National Anthem - Symbols of Nationhood“. Qaraldi: 2018-yil 3-sentyabr.