Kenjiro Shinozuka
Kenjiro Shinozuka | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Yaponiya |
Tavallud sanasi | 20-noyabr 1948-yil |
Sport | |
Klubi | Mitsubishi Motors |
Kenjiro Shinozuka (yaponcha: 篠塚 建次郎 Shinozuka Kenjirō ) (1948-yil 20-noyabrda Tokiyoning Ōta shahrida tavvalud topgan) — yaponiyalik ralli haydovchisi. 1967-yilda debyutidan beri eng katta muvaffaqiyati Mitsubishi Motors kompaniyasining boshqaruvchisi sifatida qoʻlga kiritgan. Galant VR-4 rulida u 1988-yilda Osiyo-Tinch okeani ralli chempionatida gʻolib boʻlgan. 1991-yil va 1992-yillarda Kot-d’Ivuar Rallye Bandamada ketma-ket gʻalabalari, jahon ralli chempionati boaqichlarida gʻalabalari bilan mashhur hisoblanadi. WRC musobaqasida gʻolib chiqqan birinchi yaponiyalik sportchidir.
Shinozuka 2002-yilda Mitsubishi kompaniyasidan isteʼfoga chiqgan, lekin raqobatni davom ettirgan. U 2003-yilda Dakarda Nissan pikapini haydagan, biroq qumtepaga urilganidan keyin mashinasini bir necha marta aylantirib, yuzidagi og‘ir jarohatlarga olib kelgan va komaga tushgan. Uning yordamchi haydovchisi Tyerri Delli-Zotti ikkala oyogʻini sindirib olgan, ammo Shinuzokadan farqli oʻlaroq, uning jarohatlari hayot uchun xavfli boʻlmagan[1].
Shinuzoka 2006-yilgi musobaqa oldidan bu uning raqobatchi sifatidagi so‘nggi chiqishi bo‘lishini eʼlon qilib, "qaror qabul qilingan: bu mening so‘nggi Dakarim. Lekin baribir oxirgi marta rulda rohatlanishga umid qilaman. Gʻalaba qozonish uchunmi? Yoʻq, bu mening maqsadim emas. Shundan soʻng men nima qilishimni hali bilmayman, lekin Yaponiyada bizga yangi isteʼdodlar kerakligini bilaman. Haydovchilarimizga qarang, ularning hammasi Asaga san yoki Sugavara san kabi oltmish yoshdan oshgan… Shunday ekan, men kelajak uchun yangi istiqbolli sportchilarni tayyorlashga yordam bera olaman" deb chiqish qilgan[2]. Biroq, yuqoridagi gaplarga qaramay, u 2007-yilgi Dakarga qaytib, yana Nissan bilan musobaqalarga kirishgan va poygani yakunlagan 109 ta mashina ichida 59-o‘rinni egallagan.
Dakar Rallisi natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Turi | Transport vositasi | Natija | Bosqichlar |
---|---|---|---|---|
1986-yil | Avtomobil | Mitsubishi | 46 | 0 |
1987-yil | 3 | 1 | ||
1988-yil | 2 | 0 | ||
1989-yil | 6 | 1 | ||
1990-yil | 5 | 2 | ||
1991-yil | Yoʻq | 1 | ||
1992-yil | 3 | 1 | ||
1993-yil | 5 | 0 | ||
1994-yil | Yoʻq | 0 | ||
1995-yil | 3 | 0 | ||
1996-yil | 17 | 1 | ||
1997-yil | 1 | 3 | ||
1998-yil | 2 | 4 | ||
1999-yil | 4 | 3 | ||
2000-yil | Yoʻq | 1 | ||
2001-yil | 30 | 0 | ||
2002-yil | 3 | 1 | ||
2003-yil | Nissan | Yoʻq | 1 | |
2004-yil | Yoʻq | 1 | ||
2005-yil | Yoʻq | 0 | ||
2006-yil | Nissan | Yoʻq | 0 | |
2007-yil | 59 | 0 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Rally driver escapes with his life“, Taipei Times, January 11, 2003
- ↑ "Kenjiro Shinozuka: „Itʼs my last Dakar!“, Dakar.com official website