Kepak
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kepak — un tortish jarayonining chiqiti, un kombinatlarida olinadigan yordamchi mahsulot. Don turiga koʻra, bugʻdoy, arpa, javdar, tariq, makkajoʻxori va b., maydalanish darajasiga koʻra, yirik va mayda K.larga boʻlinadi. Oʻrtacha olganda bugʻdoydan yuqori sifatli un olishda donga nisbatan 28—30% K. chiqadi. K. (asosan, bugʻdoyniki) chorva mollarining hamma turi va parrandalar uchun qimmatli ozuqa. 100 kg K.da 70—80 ozuqa birligi (1 kg K.da 8,85 mJ almashinuvchi energiya — 0,75 ozuqa birligi) va 12,5—13,2 kg xazm boʻladigan protein, 8,8 kg tozalanmagan klechatka bor. K. fosfor, marganets, kaliy, mikroelementlarga va V guruhi vitaminlariga boy, lekin natriy, kalsiy, xlor kam. Sigirlarga tuqqanidan sung 10 l issik, suvga 1 kg kepakni aralashtirib, iliq atala xrlida ichiriladi. Sogʻin sigirlarga boshqa konsentratlar bilan aralashtirilgan holda sutkasiga 4–6 kg gacha K. beriladi. Ishchi, sport va naslli otlar uchun konsentrat ozuqaning 35—50% gacha, sogʻin sigirlar ratsionidagi konsentrat ozuqaning 50—60% gacha, bekon yetishtirish uchun boqilayotgan yosh choʻchqalar ratsionidagi konsentrat ozuqaning 20—25% gacha toʻyimliligini K. tashkil etishi mumkin. Tuxum qiladigan tovuklar, kurkalar, urdaklar va gʻozlar uchun tayyorlanadigan omixta yemlar tarkibiga mayda bugʻdoy va 10— 25% gacha K. qoʻshiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |