Kontent qismiga oʻtish

Keraftu qadimiy gʻori

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Keraftu qadimiy gʻori — Eronning qadimiy joylaridan biri. Kurdiston ustonidagi Devondara shahrida joylashgan. Gʻor tarixi boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, gʻor Mezozoy erasida suv ostida boʻlgan va shu davrning oxirida suv tubidan koʻtarilgan. Gʻordan turli maqsadlarda foydalanilgan. Shuningdek, unda insonlar istiqomat qilishgan. Gʻor uzunligi 750 m. boʻlib, yana bir nechta tor yoʻlaklar togʻ bagʻriga ketgan. Ushbu gʻor Eron hududidagi inson qoʻli bilan oʻzgartirish kiritilgan gʻorlar ichida eng mukammalidir. Gʻorga maxsus temir pillapoya oʻrnatilgan. Tadqiqotlar natijasiga koʻra, gʻor 4 qavatdan iborat[1].

  1. Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 188-189-bet. ISBN 978-600-9675-31-3.