Kerala
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kerala (malayali tilida — kokos palmalari oʻlkasi) — Hindistonning jan.-gʻarbiy qismidagi shtat. Arabiston dengizi sohilida. Mayd. 38,9 ming km2. Aholisi 31,8 mln. kishi (2001), asosan, malayali xalqi. Aholisining 60% hindu diniga eʼtiqol qiladi, qolganlari xristian va musulmonlar. Kerala — mamlakatda aholi eng zich shtat. Maʼmuriy markazi — Tiruvanantapuram (Trivandram) sh.
Kerala — yer yuzasining katta qismi pasttekislik, sharqida Kardamon va Anaymudi togʻlari (bal. 2698 m gacha) joylashgan. Iqlimi tropik, mussonli iqlim. Yiliga 3000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Togʻ yon bagʻirlarida eben, tik, palisandr, poʻkak daraxti oʻrmonlari bor. Tekisliklarda deqqonchilik qilinadi.
Kerala — agrar shtat. Aholining 50% qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Ekishga yaroqli yerlar 2 mln. ga. 387 ming ga yerda sholi ekiladi. Butun mamlakatda yetishtiriladigan kokos yongʻogʻining 41% Keralada yetishtiriladi. Kerala Hindistonda yetishtiriladigan qora murchning 53%, kofening 27%, choyning 9%ni yetkazib beradi. Mamlakatdagi kokos palmasining 70%, kauchukli oʻsimlik plantatsiyalarining deyarli hammasi Keralada. Shtat mamlakatda ovlanadigan jami dengiz baligʻining 20—25% ni beradi. Marvarid olinadi. Kerala foydali qazilma va gidroenergiya resurelariga boy. Malabor sohilida monatsit, ilmenit, rutil, sirkon va boshqalar minerallarga boy monatsit qumining katta qatlamlari mavjud. Sanoati, asosan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Kokos tolasidan arqon, poyandoz va boshqalar buyumlar tayyorlanadi. Yogʻochsozlik sanoati rivojlangan. Alyuminiy eritish (Alvaye), kimyo (Kochin), sellyuloza (Kojikode), elektrotexnika (Kanannur), faner, avtomobil shinalari, rezina, keramika, ip gazlama, mashinasozlik va metallsozlik korxonalari, yogʻ zavodlari, ustaxonalar bor. Sanoat markazlari: Tiruvanantapuram, Alvaye, Kvilon, Kochin. Yuklar, asosan, dengiz transportida tashiladi. Yirik portlari: Kochin va Kojikode. Keshyu yongʻogʻi, choy, kofe, dorivor oʻsimliklar, limon oʻti moyi, dengiz mahsulotlari eksport qilinadi.
Kadimda Kerala oʻrnida Mera davlati boʻlgani mil. av. 3-asrga oid manbalarda aytilgan. Kerala hududita 1498 yilda portugallar, 1663 yilda gollandlar, 18-asr oʻrtalarida fransuz va inglizlar kelib oʻrnashgan. 1792 yilda Keralaning shim. qismi Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasiga qoʻshib olindi. Hindiston mustaqillikka erishgach, Tavanpur-Kochin shtati tuzildi. 1956 yilda uning asosida hozirgi Kerala shtati tashkil etildi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |