Kontent qismiga oʻtish

Keramika

Vikipediya, erkin ensiklopediya
turli xil uslubdagi keramika

Keramika (qadimgi yunoncha: κέραμος [keramos] — tuproq) — tuproq (gil, kaolin) yoki anorganik moddalarni yuqori temperaturalarda pishirish yoʻli bilan olinadigan nometall materiallar va buyumlar. Barcha sohalarda: uy-roʻzgʻorda (idish-tovoqlar), qurilishda (gʻisht, cherepitsa, quvurlar, koshinlar, devorlarni bezash buyumlari), texnikada (radiotexnika, elektrotexnika, kosmonavtika), temir yoʻlda, suv va havo transportida, haykaltaroshlik va amaliy sanʼatda K. keng tarqalgan. Tuzilishiga koʻra, dagʻal (notekis tarqalgan yirik zarralardan tashkil topgan, gʻovakligi 5 — 30%) va nafis (tekis tarqalgan mayda zarralardan tashkil topgan, gʻovakligi 5% gacha) turlarga boʻlinadi. D agʻal K.gakoʻpchilik qurilish materiallari, mas, gʻisht va koshin, nozik K.ga sopol, chinni, fayans, pyezo va segnetokeramika, ferritlar, kermetlar, baʼzi olovbardosh materiallar, yarim chinni va mayolika kiradi. Kimyoviy tarkibiga koʻra, K. oksid, karbid, nitrid, silitsid, optik va b. turlarga boʻlinadi.

Oksid K. elektr qarshiligi yuqoriligi (10" — 1013 Om-sm), qisilishga mustahkamligi (5 GPa gacha) va yuqori temperaturada oksidlovchi muhitda barqarorligi bilan tavsiflanadi; baʼzilari, mas, ittriy-bariyli K. yuqori temperaturalarda oʻta oʻtkazuvchanlik xossalarini namoyon qiladi (qarang Ittriy). Chinni, fayans, kulollik buyumlari, kaolin paxta, izolyasiya materiallari, raketa, kosmik apparatlar, yadro reaktorlarining qismlari, radiotexnika detallari, xotira qurilmalarining qismlari va b. tayyorlashda keng qoʻllanadi. Karbid K.ga karborund (SiC) asosida olingan karborund K., shuningdek, titan, (Ti), niobiy (Nb), volfram (W) karbidlari asosida olingan materiallar kiradi. Karbid K.ning elektr va issiqlik oʻtkazuvchanligi yuqori, kislorodsiz muhitga chidamli (karborund K. oksidlovchi muhitda 1500° gacha barkaror). Konstruksion materiallar, elektr pech qizdirgichlari, olovbardosh materiallar va b. tayyorlashda qoʻllanadi. Nitrid K.ga bor nitrid (BN), alyuminiy nitrid (A1N), kremniy nitrid (Si3N4), (U, Pu) N asosida, shuningdek, tarkibida kremniy (Si), alyuminiy (A1), kislorod (O), azot (N) yoki ittriy (Y), sirkoniy (Zr), O va N boʻlgan birikmalarni qizdirish yoʻli bilan olingan materiallar kiradi. Bunday K. kukun holidagi modda yoki birikmalarni azot atmosferasida 100 MPa bosim ostida yuqori temperaturalarda (1700—1900°) qizdirib, issiq holatda presslab olinadi. Nitrid K. dielektrik xossalarining barqarorligi, mexaniq mustahkamligi, issiqbardoshligi, turli muhitlarda kimyoviy mustahkamligi va b. xossalari bilan tavsiflanadi. Metall i. ch. sanoati uchun asbob-uskunalar, baʼzi yarimoʻtkazgich materiallarni eritish uchun tigellar, izolyatorlar va b. i. ch.da qoʻllanadi. Si3N4 ga kobalt (So), nikel (Ni), xrom (Sg), temir (Gʻe) lar qoʻshib tayyorlanadigan K. issiqbardosh qotishmalar oʻrniga ishlatiladi. Silitsid K.ning eng koʻp tarqalgan turi molibden disilitsid (MoSi2) asosida olingan K.dir.U elektr qarshiligining pastligi (170—200 mkOmsm), oksidlovchi muhitlarga (1650° gacha), metall eritmalari va tuzlar taʼsiriga chidamliligi bilan tavsiflanadi. Oksidlovchi muhitlarda ishlatiladigan elektr qizdirgichlar tayyorlashda qoʻllanadi. Baʼzi metallarning ftoridlari, sulfidlari, fosfidlari va arsenidlaridan tayyorlangan optik K. infraqizil texnikada ishlatiladi.

Keramik buyumlar tayyorlash uchun avval tuproq, kaolin, kum, dala shpati, metallurgiya va baʼzi sanoat chiqindilari sharli tegirmonda kukun holiga keltiriladi, suv qoʻshib aralashtiriladi; olingan oquvchan qolatdagi qorishma aralashtirgichli hovuzchalarga quyiladi; qoliplash usuliga qarab uni filtr-presslar yoki maxsus purkash qurilmalarida maʼlum miqdorgacha suvsizlantiriladi. Soʻngra namligi 6 — 12% boʻlgan kukun holidagi qorishmalardan presslar yordamida, 15—25% li qorishmalardan yoyish, bosish yoki kulollik charxit shakl berish yoʻli bilan buyumlar tayyorlanadi. Tarkibida 25—45% suvi boʻlgan qorishmalar esa gips, gʻovak plastmassa va metall qoliplarga quyish yoʻli bilan qoliplanadi. Qoliplangan buyumlar quritilib maxsus pechlarda 900° dan (qurilish K.si uchun) 2000° gacha (olovbardosh K. uchun) qizdirib pishiriladi. K.ning baʼzi turlariga pishirilgandan soʻng qoʻshimcha mexaniq ishlov va pardoz beriladi. Sopol, chinni, fayans va nafis K.ning boshqa turlaridan ishlangan buyumlarga suv va gaz oʻtkazmaydigan shishasimon qatlam hosil qiladigan sir qoplanib, 1000 — 1400° da qayta pishiriladi. Issiqlikni saqlovchi gʻovak materiallar tayyorlashda loyga yuqori temperaturada yonib ketadigan yonuvchan qoʻshimchalar (koʻmir, qipiq, organiq moddalar) qoʻshiladi, koʻshimchalar yonib ketgach, oʻrnida qolgan kovaklar gʻovaklikni hosil qiladi.

Fayans olish va sirkorlik sirlari qadimda misrliklarga mil. av 15-asrdayoq maʼlum boʻlgan Ular milodning 3— 4-asrlarida Xitoyda yana kashf qilindi, 9—10-asrlarda Yaqin Sharq mamlakatlarida, oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyoda, 16-asrda Fransiyada, 18-asrda Germaniya, Angliyada, 19—20-asrlarda Rossiyada rivojlangan. K. taraqqiyotining jahon tarixida Xitoy chinnisi va fayansi muhim oʻrin tutgan. U Yevropa va Osiyoning koʻpgina mamlakatlarida K. rivojiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Oʻrta Osiyoda, Eron, Ozarbayjon, Turkiya, arab mamlakatlarida binolarni bezashda, qabariq terrakotani qoʻllashda, idish-tovoqlar yasashda K.ning ahamiyati beqiyos boʻlgan. 10—15-asr meʼ-morligida Xiva, Samarqand, Buxoro, Qoʻqon, Toshkentda qurilgan binolarning polixrom mozaika koshinkorlik qoplamlari meʼmorlik sanʼatining eng yuqori yutuqlari hisoblanadi (qarang K. mahsulotlarini pishirish texnikasi va texnologiyasi koʻp asrlar mobaynida oddiy gulxandan xumdongacha, oddiy oʻchoqdan mexanizatsiyalashtirilgan pechlargacha boʻlgan taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi. Hozir turli mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda K. ustaxonalari, xumdonlar, zavodlar faoliyat koʻrsatmoqda. Toshkent, Samarkand, Quvasoy chinni zavodlari, Angren va Rishtondagi keramika zavodi, Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida xumdonlar bor .

Ad: Avgusti n n i k A.I., Keramika, 2 izd., L., 1975; Vidrik G.A., Solovyova T.V., Haritonov F.Ya., Prozrachnaya keramika, M., 1980; Balkevich V.L. Texnicheskaya keramika, 2 izd; M., 1984; Strel o v K.K., Teoreticheskiye osnovi proizvodstva ogneupornix materialov, M., 1985.

Rustam Maʼrupov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil