Kerch qal’asi
Kerch | |
---|---|
Qrim | |
Koordinatalar | 45°21′3.24′′N 36°36′11.30′′E- O'z navbatidaO'z navbatida45.3509000°N 36.6031389°E |
Umumiy maʼlumot | |
Holati | yaxshi, bir qismi yoʻq qilingan |
Tarixi | |
Qurilgan | 1857-1865 |
Muhandis | Eduard Totleben |
Materiallar | Tosh |
Kerch qal’asi (Totleben qal’asi) – Qrimning sharqiy qismidagi qal’a, Oq Burun burnida, Kerch boʻgʻozining eng tor nuqtasida joylashgan qalʼa. XIX asrda qurilgan qal’a dastlab Rossiya imperiyasining janubiy chegarasini himoya qilish uchun moʻljallangan edi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kerch boʻgʻozidagi ilk qal’a 1771-yilda barpo etilgan. Dastlabki qal’a burun qismida qurilib, keyinchalik Pavlovskiy deb nomlangan. Vaqt oʻtishi bilan qal’a bir necha bor qayta qurilib, qurollar joylashtirilib borilgan[1]. Qrim urushi davrida qal’a 20 ta zambaraklar bilan taʼminlangan. 1856-tilgi Parij shartnomasiga koʻra Qora dengizni betaraf hudud deb eʼlon qilingan edi, Rossiyaga bu mintaqada oʻz harbiy floti yoki portlarini joylashtirishni man etgan. Biroq, shartnoma Kerch boʻgʻozini mustahkamlashga ruxsat bergan. 1856-yil aprelida mahalliy sharoitni oʻrganish va joylarni suratga olish uchun Kerch jangovar boʻlinmalari yuborilgan. Tajribali harbiy muhandis polkovnik Anton Antonovich rahbarligida shu yilning oʻzida qurilish ishlari boshlab yuborilgan.
1859-yil oktyabr oyida Eduard Ivanovich Totleben harbiy vazirlikning muhandislik boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi va Kerchni mustahkamlash uchun imperator Aleksandr ikkinchining qoʻllab-quvvatlashiga erishdi[2]. Eduard qal’ani qamal qilish va mudofaa qilishda, shuningdek Sevastopolni himoya qilishda orttirgan tajribasidan foydalandi.
1861-yilda Oq-Burunda qazish ishlari boshlandi. 1861-yilda imperator Aleksandr II qal’aga birinchi marta tashrif buyurdi. 1867-yilda Kerch qalasi ochildi. 1872-yilda Aleksandr II qal’aga tashrif buyurganida, mudofaa inshootlari qurilishi yakunlandi va shoh „sohil boʻyidagi qal’aning qurib bitkazilishidan juda mamnun boʻldi.“
Sobiq Sovet Ittifoqi davrida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sovet Ittifoqi davrida qal’ada Qora dengiz harbiy-dengiz kuchlari hamda batalyon uchun qurol-aslaha va oʻq-dorilar saqlanadigan harbiy ombor joylashgan edi. Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng harbiy qismlar tarqatila boshlandi. 2003-yilda qal’a hududi Kerch davlat tarixiy-madaniy qoʻriqxonasi tasarrufiga oʻtkazildi[3].
XXI asr
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qal’a davlat tomonidan muhofaza qilinadi va Kerch hamda Qrim yarim orolining diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi[3].
Galeriya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Encyclopedia of Ukraine: Kerch
- ↑ „Подземная Керченская крепость“. империал-керчь.рф. Qaraldi: 2024-yil 17-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „About Kerch“. 2014-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-oktyabr.