Kontent qismiga oʻtish

Kerderi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kerderi – Qozogʻistonda bir vaqtlar Orol dengizi boʻlgan va keyinchalik qurigan dengiz hududida joylashgan tashlandiq aholi punktlari guruhi[1][2]. Kerderida taxminan XIV asrda, suv sathi past boʻlgan paytda aholi yashagan deb taxmin qilinadi[3]. Kerderi qachon tashlab ketilgani nomaʼlum. Biroq, Kerderidagi baʼzi obyektlarning uglerod darajasiga[4] va tarixiy dalillarga koʻra, Orol dengizi 1570-yildan soʻng, Amudaryo Orolga qayta oqishini boshlaganidan keyin asta-sekin toʻla boshlagan[5]. Kerderi butunlay suv ostida qolgan. 1960-yilda suv sathida aholi punkti 19 metr (62 ft) pastlikda joylashgan boʻlgan[3]. 1960-yillardan keyin Sovetlar Amudaryo va Sirdaryoni boshqa tomonga burganlarida, Orol yana chekinadi va Kerderiga zamonaviy tarixda birinchi marta kirish imkoniyati paydo boʻladi. Aholi punktlari 2001-yilda qayta kashf etilgan[6][2]. Oʻshandan beri ular Orol dengizining ostida tarixiy oʻzgarishlar kuzatishning muhim omili boʻlib xizmat qiladi[7].

Kerderida uchta alohida punkti mavjud boʻlib, ular Kerderi-1, Kerderi-2 va Orol Asar deb nomlangan. Aholi punktlari ikkita maqbara xarobalari bilan mashhur[8]. Kerderi-1 aholisi bir vaqtlar yaqin atrofdan oqqan Sirdaryodan chuchuk suv olishgan[9]. Arxeologik dalillar shuni koʻrsatadiki, aholi guruch va bugʻdoy yetishtirgan, shuningdek chorvachilik bilan ham shugʻullangan[8]. Orol Asar orqali Ipak yoʻli oʻtganligi sababli ham, bu aholi punktida savdo-sotiq yaxshi rivojlangan[8].

  1. Hammond, Norman (23 October 2006), „Aral Sea's revealing retreat“, The Times, qaraldi: 8 June 2020
  2. 2,0 2,1 Krivonogov et al. 2014, p. 290.
  3. 3,0 3,1 Krivonogov 2009, p. 1146
  4. Krivonogov et al. 2014, p. 292.
  5. Cretaux et al. 2013 p. 105.
  6. Plyaskina, Nadezhda (9 October 2007), „Аральская Атлантида“, Время, 31 December 2018da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 8 June 2020
  7. Cretaux et al. 2013 p. 104.
  8. 8,0 8,1 8,2 Krivonogov et al. 2014, p. 290-291.
  9. Krivonogov, Sergei K. (30 April 2009). "The Aral: Sea and Land". SCIENCE First Hand 22 (1): 1146–1150. https://scfh.ru/en/papers/the-aral-sea-and-land/. Qaraldi: 8 June 2020. Kerderi]]