Kontent qismiga oʻtish

Kersantit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kersantit (Fransiyadagi Kersanton degan joy nomidan) — yertomirli magmatik togʻ jinsi; biotit (1/3 qismi), kvars va nordon plagioklaz hamda magnetit va apatitdan tashkil topadi. Tarkibiga koʻra K.ning biotitdan tashqari qisman piroksen va amfibolli turlari ham uchraydi. K. granit tarkibli magmaning kristallanishi, differensiatsiyalanishi tufayli temir va magniyli minerallarga boyishi hamda atrof jinslarini oʻzgartirib kristallanishi natijasida hosil boʻladi. Oʻzbekistonda intruziv togʻ jinslari bilan uchraydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil