Kontent qismiga oʻtish

Keson

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Keson — KXDRning jan. qismidagi shahar. Maʼmuriy jihatdan provinsiyaga tenglashtirilgan. Aholisi 180 ming kishidan ziyod (1990-yillar boshlari). Transport yoʻllari tuguni. Jenshen oʻsimligini yetishtirish va uni qayta ishlash rayonining markazi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, aniq mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. Sondo instituti, muzey, teatrlar bor. 10—14-asrlarda K. Koreya davlatining poytaxti boʻlgan. 11 —14-asrlarga oid pagodalar saqlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil