Ketmon
Qiyofa
Ketmon — dehqonchilikda foydalaniladigan dastaki mehnat quroli. Ketmon metall (koʻpincha maxsus poʻlat)dan tayyorlangan ish qismi va yogʻoch dastadan iborat. Dasta oʻtadigan teshigi — zoʻgʻata, uning atrofi — girvon deyiladi. Qadimdan Oʻrta Osiyoda dehqonlarning asosiy ish quroli hisoblangan. Yer chopish, begona oʻtlarni yoʻqotish, yerni tekislash, egat olish, ekinlar tagini yumshatish, ariq qazish, tozalash va boshqa ishlarda qoʻllanadi.
Ketmon shakli, katta-kichikligi va ogʻirligiga koʻra har xil, shoʻnga koʻra mahalliy nomlar berilgan: masalan, qushnusxa, beshboʻlak, ulama, mardona, zaifona, bachkana ketmon va boshqalar[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |